Lavrov Shavkat Mirziyoyevning 10 tashabbusini yuqori baholadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSergey Lavrov i Van I
Sergey Lavrov i Van I - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2021
Obuna bo‘lish
AQShning Afg‘onistonda ularga xizmat qilgan bir necha ming kishini Markaziy Osiyo hududida joylashtirish tashabbusida qator xatarlar bor va MO davlatlari buni yaxshi tushunishadi - dedi Lavrov.
TOShKENT, 16-iyul – Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bugun Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Markaziy va Janubiy Osiyo 2021”xalqaro anjumanida so‘zlagan nutqi va tashabbuslariga yuqori baho berdi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.

“O‘zbekiston prezidentining salmoqli nutqida biz juda ko‘p va bizningcha juda to‘g‘ri tashabbuslarni tingladik. Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari orasidagi bog‘liqlikni muayan ishlarga aylantirish mumkin bo‘lgan 10ta tashabbus bildirdi. Ular ushbu hududning ko‘p asirlik tarixi va tajribasiga asoslangan bo‘lib, zamonaviy texnologiyalar yordamida munosabatlarni yangidan rivojlantirishni nazarda tutadi. Bizningcha bu juda yaxshi birikma va u maksimal natijaga erishishga xizmat qiladi”, - dedi Sergey Lavrov.

Shuningdek, Rossiya tashqi ishlar vaziri AQSh harbiy bazalari Markaziy Osiyo hududida joylashtirilishi mumkinligi haqidagi xabarlarga ishonmasligini bildirdi. Bu borada vazir “O‘zbekiston va Pokiston” AQShga darhol rad javobini berishdi. Boshqa respublikalar ham bunga xayrixoh emas deb javob qaytardi.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2021
Markaziy va Janubiy Osiyoni rivojlantirish bo‘yicha Shavkat Mirziyoyevning 10 tashabbusi
Bugun Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan yuqori darajali xalqaro Anjumanda dunyoning 44 mamlakatidan ikkita oliy va yuqori darajali delegatsiya, 15ta parlament delegatsiyalari, 37ta TIV delegatsiyalari va 10ta vazirlik va turli yo‘nalishdagi muassasa delegatsiyalari, 180dan ortiq ishbilarmon doira vakillari tashrif buyurgan. Tadbir arafasida mehmonlar umumiy soni 600nafarga yaqin bo‘lishi e’lon qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0