Turizm

Pandemiya qoʻl keldi: Issiq-koʻlga yoʻl olgan rossiyaliklar soni keskin oshishi kutilmoqda

© SputnikOtdыx na ozere Issыk-Kul v Kirgizii
Otdыx na ozere Issыk-Kul v Kirgizii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.07.2021
Bir qator sabablarga koʻra 2021 yilda Qirgʻizistonga yoʻl olgan rossiyalik sayyohlar oqimi 2019 yilga nisbatan sezilarli darajada yuqori boʻlishi mumkin.
TOSHKENT, 17 iyul – Sputnik. 2021 yilgi mavsumda Issiq-koʻlga yoʻl olgan rossiyaliklar soni keskin oshishi mumkin deb yozadi Sputnik muxbiri Mariya Naumenko Rossiya Tur operatorlari assotsiatsiyasiga asosan.
Xabarda aytilishiga koʻra, bunga bir necha sabablar, va pandemiya tufayli turizm sohasida vujudga kelgan vaziyat sabab boʻlmoqda.
Birinchidan, rossiyaliklar “yaxshi koʻrgan” Turkiya, Misr va Yunoniston plyajlarining aksariyati hozircha yopiq yoki u yerga yetib borish juda qimmat yoki mushkul.
Ikkinchidan, Qirgʻiston YEOIIga tarkibidagi davlat boʻlgani uchun, sayyohlarga u yerga borib kelish jarayoni nisbatan soddalshatirilgan. PZR testlar kerak boʻlsada, karantinga amal etish alab qilinmaydi. Faqat maxsus dastur orqali roʻyxatdan oʻtib oʻz maqomini tasdiqlash kifoya.
Uchinchidan, yaqinda “Aeroflot” kompaniyasi Issiq-koʻlga toʻgʻridan-toʻgʻri parvozlarni yoʻlga qoʻydi va ushbu parvozlar narxi nisbatan arzon. Masalan Moskva – Issiq Koʻl – Moskva yoʻnalishida chipta narxi 25 ming rubl turadi.
Turistы v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.12.2017
Turizm
Oʻzbekistonga kelayotgan rossiyalik sayyohlar oqimi 22%ga oshdi
Rossiyalik teroperatorlar xulosasiga koʻra, Issiq-koʻlning yana bir jozibador tomoni – bu uning togʻ bagʻrida joylashganidir. Sayyohlar dengiz sathidan 4000 metr balandlikda ajoyib togʻ va adirlarni, inson qoʻli tegmagan tabiat manzaralarini tomosha qilishlari, oʻtovlarda koʻchmanchi xalq turmush tarzi bilan tanishishlari mumkin.
Yuqoridagi sabablar rossiyalik turistlar orasida Qirgʻizistonning ushbu dam olish hududiga boʻlgan qiziqishni oshirdi. Bugungi kunda Avgust va Sentyabr oylariga moʻljallangan sayyohlik putyovkalarining aksariyati sotib boʻlingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala