Jamiyat

Qashqadaryoda 60 yashar er sharʼiy nikohdagi toʻrtinchi xotinini pichoqlab oʻldirdi

© GUVD g. TashkentaAvtomobil pravooxranitelnыx organov Uzbekistana na meste DTP
Avtomobil pravooxranitelnыx organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.07.2021
Erkak turmush oʻrtogʻi ishlaydigan shifoxonaga emlanish bahonasida kelib, hamshiralar erkakning shaxsiy kasallik kartasini qidirguncha, u bino ichiga kirib ketgan.
TOSHKENT, 19 iyul - Sputnik. Qashqadaryo viloyati Koson tumanida 60 yoshli erkak emlanish bahonasida shifoxonaga kelib, oʻzining sharʼiy nikohdagi toʻrtinchi xotinini pichoqlab oʻldirdi. Bu haqda Qashqadaryo IIB axborot-xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, hodisa 10 iyul kuni roʻy bergan.
Erkak turmush oʻrtogʻi ishlaydigan shifoxonaga emlanish bahonasida kelib, hamshiralar erkakning shaxsiy kasallik kartasini qidirguncha, u bino ichiga kirib ketgan.
Kasalxona xodimlari intervyuda erkak oʻzi bilan sovuq qurol olib kelganini hatto xayollariga keltirishmaganini tan olishadi.
Naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Hodisalar
Samarqandda erkak farzandini koʻrsatmagan qaynonasini oʻroq bilan oʻldirdi
Ichkariga kirgan er toʻgʻri ayoli ishlab oʻtirgan xonaga borgan va koʻp oʻtmay u xonadan toʻpolon ovozlari eshitilgan. Ayol eridan duch kelgan xonaga qarab qochgan, biroq erkak uning ortidan quvlab borib, yonidagi pichoq bilan ayolga tan jarohatlari yetkazib, uning umriga zomin boʻlgan.
Hamshiralar ayol bir necha marta eridan shikoyat qilganini eslashadi.
Maʼlum boʻlishicha, erkak bunga qadar uch marta uylangan va marhuma uning sharʼiy nikohdagi toʻrtinchi xotini boʻlgan. Erkak koʻpincha ichib, oilada janjal koʻtarib kelgan.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala