Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga olmoqda. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashgan.

Toliblarni qoʻshni davlatlar qiziqtirmaydi, ular ichki mojarolar bilan band – RF TIV

© AP Photo / Mirwais KhanVoorujennыe lyudi v Afganistane
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.07.2021
Toliblarni qoʻshni davlatlar qiziqtirmaydi, ular afgʻon hukumatiga qarshi kurash bilan band – RF TIV.
TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. “Tolibon”* harakati vakillari maʼlum qilishicha, toliblarni qoʻshni davlatlar qiziqtirmaydi, ular Afgʻoniston hukumatiga qarshi kurash bilan band. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili, TIV Osiyo ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulov maʼlum qildi. RIA Novosti.
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.07.2021
Kolumnistlar
Afgʻoniston. Hatto urush ham jaholat bilan olib borilmasligi kerak
Unga koʻra, harakat aʼzolari ichki mojarolar bilan shugʻullanib, hukumat kuchlariga qarashli hududlarini nazorat qilishni oʻz zimmalariga olishmoqda.
"Ularni qoʻshni davlatlar qiziqtirmaydi, bu haqda soʻnggi yetti yil davomida bizga aytib kelishgan", - dedi Kabulov.
Uning taʼkidlashicha, toliblar qoʻshni Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegarani kesib oʻtganligini tasdiqlovchi biron bir fakt keltirilmagan.
Toliblar faqat ichki nizolar bilan shugʻullanganiga shubha qilish uchun hech qanday asos yoʻq, deb taʼkidlandi TIVda.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakat.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala