Kolumnistlar

Afgʻoniston. Hatto urush ham jaholat bilan olib borilmasligi kerak

© AP Photo / Mirwais KhanVoorujennыe lyudi v Afganistane
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.07.2021
SSSR tarqalib ketish arafasida Afgʻoniston borasida turli fikrlar, bashoratlar yurardi.
Shulardan biri – Afgʻoniston tarqalib ketishi, uning oʻrnida oʻzbeklar, tojiklar va pushtunlarga tegishli boʻlgan uchta mustaqil davlat paydo boʻlishi yoki ushbu hududlarning qoʻshni davlatlarga qoʻshilib ketishi haqidagi qarashlar ham boʻlgan. Biroq, hayot koʻrsatyaptiki, siyosiy bashoratlar oʻzini oqlamaydi. Ayniqsa, sharqda.
Qaysiki, davlatchilik masalasida koʻproq tizimlar, qonun-qoidalar emas, balki urf-odatlar, shaxslarning oʻrni dolzarb sanaladi. Afgʻoniston boʻlib oʻtgan 40 yillik talatoʻplarga qaramay, mustaqilligini, yaxlitligini saqlab qoldi.
Cpetspredstavitel prezidenta Uzbekistana po Afganistanu Ismatulla Irgashev. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.07.2021
Siyosat
Afgʻoniston Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasida koʻprikka aylanadi
Albatta, behalovat davr va nomaʼlum kelajak nafaqat afgʻon halqini, nafaqat uning qoʻshnilarini, balki jahon hamjamiyatini hamon bezovta qilmoqda.
Yaqinda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar" mavzusidagi xalqaro konferentsiyada ham asosiy eʼtibor Afgʻonistonga qaratildi.
Tarixdan koʻramizki, Markaziy Osiyoda taraqqiyot Buyuk ipak yoʻli bilan bevosita bogʻliq. Yaʼni quruqlikdan oʻtgan va Osiyoni Yevropa bilan bogʻlagan yoʻl mintaqada rivojlanish, taraqqiyotga olib kelgan edi. Suv yoʻllarining ochilishi, kemasozlikning rivojlanishi oqibatida esa Buyuk ipak yoʻli, shu bilan bir vaqtda mintaqadagi taraqqiyot ham tanazzulga yuz tuta boshladi. Oʻzbekistonda tarixning ushbu sabogʻini yaxshi eslashadi va koʻp yillardan buyon tarixning ushbu xatosini toʻgʻrilash ilinjida boʻlishadi.
Aytish lozim, Oʻzbekiston mustaqilligining dastlabki 27 yili davomida, barcha qoʻshnilar bilan, yumshoqroq aytganda, apoq-chapoq boʻlib ketmagan esa-da, Afgʻoniston orqali Pokiston va dengizga chiqish gʻoyasidan hech qachon voz kechmagan edi.
Pervыy zamestitel predsedatelya Senata Sadыk Safayev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.07.2021
Siyosat
Transafgʻon koridorini amalga oshirish Markaziy Osiyo uchun muhim ahamiyatga ega - Safoyev
Bugun, Oʻzbekiston ochiqlik siyosatini namoyon etib, barcha qoʻshnilar bilan ochiq , konstruktiv muloqot olib borayotganda janubiy yoʻnalish yanada dolzarb boʻlib qoldi.
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti yuqorida qayd etilgan konferentsiyadagi nutqida ilgari surgan 10 ta taklifning barchasi ham qaysidir maʼnoda, Afgʻoniston va undagi barqarorlikka bevosita tegishli boʻladi.
Ushbu takliflar haqida soʻz borar ekan, ularni Oʻzbekiston keyingi besh yil davomida oʻz amaliyotida sinovdan oʻtkazganini taʼkidlash lozim. Yaʼni, ular Oʻzbekistonning ichki siyosatida amalga oshirayotgan gʻoyalar va qarashlardan iborat.
Bu savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish boʻladimi, transport-logistika infratuzilmasini yaratish boʻladimi, raqamlashtirishmi, ilm-fanning rivojlantirishmi, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishmi, oziq-ovqat xavfsizligimi, turizmni rivojlantirishmi, "Yashil" iqtisodiyotmi – barchasi bugun Oʻzbekistoning kundalik hayotiga aylanib ulgurgan gʻoyalar.
Voyennoslujaщiye vo vremya sovmestnыx antiterroristicheskix ucheniy kollektivnыx sil bыstrogo reagirovaniya gosudarstv-chlenov ODKB na poligone Xalkayer v Tadjikistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Rossiya, Oʻzbekiston va Tojikiston afgʻon chegarasi yaqinida harbiy mashq oʻtkazadi
Oʻzbekiston, keyingi besh yil ichida mintaqada tinchlikni, oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish borasida eng koʻp qaygʻurayotgan va bunga harakat qilayotgan mamlakat.
Koʻrinadiki, taklif etilayotgan gʻoyalar ham bevosita ushbu qarashlarning inʼikosi. Markaziy va Janubiy Osiyoning qoq markazida joylashgan Afgʻoniston muammosini hal qilmay turib, ularni amalga oshirish juda mushkul boʻlar edi.
Shu sababdan, Oʻzbekiston janubiy qoʻshnisining barqarorligi yoʻlida, anchayin ehtiyotkorlik bilan, muttasil va qatʼiy harakat qilib kelmoqda. Aynan Oʻzbekiston mintaqada birinchilardan boʻlib oʻz siyosatini qoʻshnilar bilan gʻoyaviy, mafkuraviy maqsadga muvofiqlik nuqtai nazaridan emas, balki iqtisodiy, ijtimoiy oʻzaro manfaatdorlik asoslarida hamkorlik tomonga yoʻnaltirdi.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 15 iyulya vstretilsya s Prezidentom Islamskoy Respubliki Afganistan Ashrafom Gani - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2021
Siyosat
Oʻzbekiston Afgʻonistonda barqaror tinchlikka erishilishiga faol koʻmaklashishga tayyor – Mirziyoyev
Aytishlaricha, hali oʻtgan asrning 90-yillaridayoq Oʻzbekiston "Tolibon"* bilan muzokaralar oʻtkazishga harakat qilib koʻrgan.
Mamlakat oʻzining geosiyosiy joylashuviga koʻra, hammadan koʻra koʻproq Afgʻonistonda tinchlik boʻlishi tarafdori. Shu maqsadda, nazarimizda, u qoʻshni davlatda hokimiyat tepasiga qanday kuchlar kelishidan qatʼiy nazar, hamkorlik qilishga tayyor.
Albatta, toliblar ham bugun oʻtgan asrdagi toliblar emas, ularning keyingi harakatlarida, agar bu vaqtinchalik taktika boʻlib chiqmasa, qoʻshnilarning manfaatlariga tajovuzkorlik ohanglari sezilmayapti. Ularning soʻzlarida tobora koʻproq mamlakat va millat manfaatlari haqidagi qarashlar jaranglamoqda.
Oʻzbekiston janubiy qoʻshnisining ichki muammolariga aralashish tarafdori emas, buni jafokash afgʻon xalqining oʻziga qoʻyib berish va u qanday hukumatni qoʻlab-quvvatlasa, shu bilan hamkorolik qilish tarafdori.
Flag Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2021
Iqtisod
Afgʻoniston Oʻzbekistonning Janubiy Osiyodagi eng yirik iqtisodiy hamkori - CERR
Hamkorlik rejalari esa ulkan: mamlakatni Markaziy Osiyo elektr tarmoqlari tizimiga ulash, Termiz-Mozori Sharif-Qobul-Peshavor temir yoʻlini qurish.
Shuningdek, madaniy, ijtimoiy sohalarda ham muloqotlar, hamkorlik rejalashtirilgan. Buning uchun esa poydevor qoʻyilgan ham: Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazi tashkil etilgan.
Studentы v obrazovatelnom tsente v Termezeskom rayone po obucheniyu afganskix grajdan pri Ministerstve vыsshego i srednego spetsialnogo obrazovaniya Respubliki Uzbekistan. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.01.2018
Jamiyat
Afgʻonistondan 100dan ortiq talaba Termizga oʻqishga keldi
Markazda oʻzbek tili va adabiyoti, transport tuzilmalari va ularning ekspluatatsiyasi, elektr energetikasi, bino va inshootlar qurilishi, muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji, xizmat koʻrsatish texnikasi va texnologiyasi, iqtisodiyot, menejment, informatika va axborot texnologiyalari, buxgalteriya hisobi va audit hamda tibbiyot yoʻnalishlarida 200 nafarga yaqin talabalar tahsil olmoqda.
Bu yoshlar kelajakda Oʻzbekiston va Afgʻoniston doʻstligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Shu kunlarda yana bir xabar keldi – afgʻon hukumati "Tolibon"* bilan sulh masalasida kelisha olishmadi, biroq infrastrukturaga zarar yetkazmaslik va tinch aholiga azob bermaslikka kelishib olindi. Shuning oʻzi ham katta gap.
Hatto urush ham jaholat bilan olib borilmasligi kerak.
* RFda taʼqiqlangan xalqaro terroristik tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala