Iqtisod

Oʻzbekiston va Qozogʻiston orasida savdo aylanmasi deyarli 50%ga oshdi

© Press-slujba "Uzbekiston temir uyllari"Kazaxstan i Uzbekistan obsudili vzaimodeystviye v jeleznodorojnoy sfere
Kazaxstan i Uzbekistan obsudili vzaimodeystviye v jeleznodorojnoy sfere - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2021
2021 yilning yanvar-may oylarida oʻzaro savdo hajmi 46%ga oshgan, undan Qozogʻistonning Oʻzbekistonga eksporti 58,4%ni tashkil qilgan.
TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. 2021 yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston va Qozogʻiston orasida savdo aylanmasi miqdori 1,5 mlrd. dollarni tashkil qildi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 46%ga koʻp.
Bu haqida Oʻzbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamovning bosh vazir Askar Mamin bilan uchrashuvi vaqtida maʼlum boʻldi, deb xabar qilmoqda Qozogʻiston bosh vaziri matbuot xizmati.
Sbor urojaya chereshni i vishni - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2021
Iqtisod
Qozogʻiston Oʻzbekistondan gilos xarid qilib, Dubayga sotadi
Muzokaralar davomida tomonlar transport-tranzit sohasida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini, yuk tashish hajmini oshirish masalalarini, avtomobil va temir yoʻl sohalarida birgalikda yirik loyihalar amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.
“Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻzaro transport-logistika potentsialini oshirish choralarini koʻrmoqda. 2021 yilning yanvar-may oylarida oʻzaro savdo hajmi 46%ga oshib 1,5 mlrd. dollarni tashkil qilgan. Bunda Qozogʻistonning Oʻzbekistonga eksporti 58,4% ga oshgan.
Shuningdek ikki respublika orasida yuk tashish xizmatlarining barcha turi hajmi oshishi kuzatilayotgani va 2021 yilning 1 kvartalida yuk tashish hajmi oʻtgan yilga nisbatan 233,9 ming dollarga oshgani davlatlar orasida “20 futli ekvivalent” miqdori birinchi yarim yillikda 18%ga oshib 1,3 mln tonnani tashkil qilgani aytilmoqda.
Undan tashqari Oʻzbekiston va Qozogʻiston 29 iyuldan boshlab Aktobe va Nukus orasida aviatsiya qatnovini yoʻlga qoʻyish haqida kelishib olishdi. Doimiy parvozlar haftasiga bir marotaba amalga oshiriladi.
Tadbir soʻngida tomonlar, shuningdek, "Darbaza — Maxtaaral" temir yoʻl aloqasi hamda “Turkiston – Shыmkent — Toshkent” tezyurar temiryoʻl magistralini ishga tushirish haqida kelishib olishdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala