Jamiyat

Ayrim aholi qatlamlariga bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.07.2021
Ayrim aholi qatlamlariga 500 ming soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi.
TOSHKENT, 31iyul — Sputnik. “Kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.07.2021
Jamiyat
Taʼlim kreditini ajratishning yangi tizimi yoʻlga qoʻyiladi
Qarorga koʻra, 2021 yilning avgust oyida aholining quyidagi qatlamlariga 500 ming soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi:
- boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarning 18 yoshga toʻlmagan farzandlariga;
- nogironligi boʻlgan 18 yoshga toʻlmagan bolalarga.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari, sektor rahbarlari hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining hududiy boʻlinmalari rahbarlari – “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha boʻlgan farzandlari sonidan kelib chiqib, toʻlov vedomostlarini shakllantiradi hamda tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari orqali ularga moddiy yordam pullarining 25 avgustga qadar manzilli yetkazilishini taʼminlaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala