Jamiyat

Davletov: ish beruvchi emlanmagan xodimini ishdan boʻshatish emas, ishdan chetlatishi mumkin

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovRuslanbek Davletov
Ruslanbek Davletov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.08.2021
Adliya vazirining soʻzlariga koʻra, agarda fuqaro emlashdan bosh tortadigan boʻlsa, “hech kim uning qoʻl-oyogʻini bogʻlab, tibbiyot muassasasiga olib borib emlamaydi”.
TOSHKENT, 1 avg — Sputnik. Oʻzbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov Senatning yalpi majlisida aholining ayrim toifalariga majburiy koronavirusga qarshi emlashni qonuniylashtiradigan va ish beruvchilarga emlashdan bosh tortgan xodimni ishdan chetlatish huquqini beradigan qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilgani yuzasidan fikr bildirdi.
Agar fuqaro vaktsinani rad etsa, uni hech kim majburlab, tibbiyot muassasasiga olib bormaydi va vaktsinani yubormaydi. Ammo huquqiy oqibatlariga fuqaro oʻziga masʼuliyatini oladi. Yaʼni u vaktsinani rad etsa, uning jamoat faoliyati, mehnat qilish huquqlari cheklanishi mumkin.
Ruslanbek Davletov
Adliya vaziri
Vazirning soʻzlariga koʻra, fuqaroning emlanishdan bor tortishi, uni ishdan haydash uchun asos boʻlolmaydi. Ish beruvchi faqat vaqtinchalik ishdan chetlashtirishi mumkin, bunday holatlarda oylik toʻlanmaydi.
“Inson huquqlari absolyut huquq emas. Inson huquqlari juda koʻp holatda cheklanadi, Yevropada yuqori standartda ishlaydigan sud instantsiyalar ham majburiy emlashda davlat tarafini olgan. Jamoaviy huquq individual huquqdan doimo ustun turadi”, - qoʻshimcha qilgan Davletov.
Vaktsinatsiya, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.07.2021
Jamiyat
"Emlash majburiy boʻlishi kerak" - Oʻzbekiston bosh epidemiologi
Eslatib oʻtamiz, avvalroq senatorlar Oʻzbekistonda majburiy emlashni nazarda tutuvchi qonunni maʼqullagani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala