Jamiyat

Asadov Oʻzbekistonda “Sputnik V” ishlab chiqarishdan asosiy maqsad nimaligini aytdi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishProizvodstvo vaktsinы Sputnik V
Proizvodstvo vaktsinы Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2021
Prezident matbuot kotibi mamlakatda “Sputnik V” vaktsinasini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishdan asosiy maqsad bu mamlakat aholisi salomatligi ekanini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 2 avg — Sputnik. Oʻzbekistonda Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishdan asosiy maqsad bu mamlakat aholisi salomatligidir. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov brifing davomida maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Asadovning soʻzlariga koʻra, “Jurabek laboratories” qoʻshma korxonasida oyiga vaktsinaning 10 million dozasini ishlab chiqarish imkoniyatlari mavjud. Lekin rossiyalik hamkorlar bilan birinchi bosqichda oyiga 2 million “Sputnik V” dozasini ishlab chiqarish toʻgʻrisida kelishuvga erishilgan. Keyinchalik ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish boʻyicha muzokaralar olib boriladi.
Loyihani moliyalashtirishga oid muzokaralar Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi hamkorlikni inobatga olgan holda olib borilmoqda.
“Moliyalashtirish masalasi muhim emas. Eng asosiysi, prezidentimiz koʻp marotaba takrorlaganlaridek, vatandoshlarimiz faol emlanishi uchun bu loyihani (Oʻzbekistonda “Sputnik V” vaktsinasini ishlab chiqarish – tahr.) tezroq ishga tushirish. Bu loyihasining eng asosiy maqsadi – aholimiz salomatligi”, - dedi u.
Davlat rahbari matbuot kotibi loyihani amalga oshirish jarayonlari haqida batafsil maʼlumot berib borilishini qoʻshimcha qildi.
Press-sekretar prezidenta Uzbekistana, zamglavы yego administratsii Sherzod Asadov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2021
Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi toʻliq emlangan – Asadov
May oyida Toshkent va Moskva “Sputnik V”ni Oʻzbekistonda ishlab chiqarishga kelishib olgan edi.
29 iyul kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev avgust oyidan Olmaliq shahridagi "Jurabek laboratories" korxonasida “Sputnik V” vaktsinasini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilishini maʼlum qilib, korxonaning texnik imkoniyatlari bilan tanishdi.
31 iyul kuni Rossiya toʻgʻridan -toʻgʻri investitsiya jamgʻarmasi (RFPI) Oʻzbekistonda “Sputnik V”ning birinchi partiyalari ishlab chiqarilganini xabar qildi. Ishlab chiqarilgan vaktsinalar sifatni nazorat qilish uchun Gamaleya markaziga yuborilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala