Jamiyat

Prezident pandemiya sharoitida aholidan 3 ta muhim shartga qatʼiy amal qilishni soʻradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.08.2021
Shavkat Mirziyoyev pandemiyaning yangi toʻlqiniga yoʻl qoʻymaslikning 3 ta muhim shartini aytdi.
TOSHKENT, 3 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Tadbirni ochar ekan, davlat rahbari pandemiyani yengib oʻtish doirasida olib borilayotgan ishlarga alohida toʻxtaldi. Bu haqda uning matbuot kotibi xabar berdi.
Davlat rahbari pandemiyadan imkon qadar yoʻqotishlarsiz oʻtish va keyingi toʻlqinlarga yoʻl qoʻymaslik uchun, xalqdan 3 ta muhim shartga qatʼiy amal qilish talab etilishini aytdi.
Birinchidan, virusdan himoyalanish va uni yengishning eng muhim sharti – bu albatta emlanish.
Press-sekretar prezidenta Uzbekistana, zamglavы yego administratsii Sherzod Asadov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2021
Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi toʻliq emlangan – Asadov
Ikkinchidan, shaxsiy gigiyena va ijtimoiy masofani saqlash talablariga rioya qilish, jamoat joylarida tibbiy niqobda yurish – kasallikdan eng samarali himoya ekanini unutmaslik.
Uchinchidan, kasallik yengil kechayotgan va uy sharoitida davolanayotgan bemorlarni oʻzboshimchalik bilan, pala-partish dori vositalarini isteʼmol qilishini oldini olish zarur.
Mirziyoyevning soʻzlariga koʻra, aholini koronavirusga qarshi emlash uchun bugungi kunga qadar 4 turdagi 13 million doza vaktsina olib kelingan. Qaysi turdagi vaktsina bilan emlanish boʻyicha aholida tanlash imkoniyati paydo boʻlgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala