Kolumnistlar

Rubl – dunyoning eng kam baholangan valyutalaridan biri

© Sputnik / Vladimir TrefilovDenejnыe kupyurы
Denejnыe kupyurы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.08.2021
"Bikmak indeksi"ga koʻra, bir dollar 30 rubl turishi kerak. Shu fikr toʻgʻrimi? Dollar aslida necha pul turishi kerak?
TOSHKENT, 3 avg — Sputnik. Amerikalik iqtisodchilar hisob-kitobiga koʻra, bir dollar aslida 30 rubl turishi kerak. Bu 2013 yilga qaraganda kamroq. Hamma gap “Bigmak indeksida”

Iqtisodchi hazili

Rossiya rubli dunyoning eng kam baholangan valyutalaridan biridir. Undan kam qadrlangan valyuta faqat Livan funtidir. Iqtisodchilar bunday xulosaga “Bigmak indeksi”ga asosan kelishgan. Unga koʻra, burger dunyoning barcha mamlakatlarida bir xil baholanishi kerak. Qayerda burger AQShdan koʻra arzonroq boʻlsa, demak u yerning valyutasi kam baholangan va aksincha.
Rossiyada bigmak – 169 rubl turadi, AQShda – 5,65 dollar. Demak bir dollarning haqli narxi – 29,9 rubl boʻlishi kerak. Lekin bankda kurs – 74,53. Demak Rossiya valyutasi kamida 60%ga kam baholangan.
Ushbu mantiqqa asosan dunyoda toʻrtta valyuta keragidan ortiqcha baholangan ekan. Ular Venesuela (-47%) bolivari, Shveytsariya franki (+24%), Norvegiya va Shvetsiya kronalari (-11%, - 9%)
“Bigmak indeksi”ni 1986 yilda The Economist jurnali tomonidan hazil tariqasida oʻylab topilgan edi. Iqtisodchilar xulosasiga koʻra, bu valyutalar nomasmiy paritetini aniqlashning eng oson uslubi boʻlgan: ikki valyutaning bir-biriga nisbatan qiymatini oʻxshash tovarlar narxi orqali aniqlash. Keyinchalik “Bikmak indeksi” hazil toifasidan chiqish chinakam baholash toifasiga oʻtdi. Va uniyil davomida 2 marotaba hisoblab boriladi.
Peregovorы prezidenta RF V. Putina s korolem Saudovskoy Aravii S. Al-Saudom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.04.2019
Dunyoda
Neft-dollar tizimi bir kunda qulashi mumkin - Reuters
Oʻxshash tovar sifatida Makdonalds restoranining gamburgeri tanlangan, chunki u deyarli barcha mamlakatlarda sotiladi. Asosiysi – gamburger dunyoning barcha mamlakatlarida deyarli bir xil: non, pishloq, qiyma goʻsht va sabzavotlardan iborat.
Soʻnggi reytinglarga koʻra, bigmak AQShdan koʻra arzonroq boʻlgan mamlakatlar – avstraliya, Saudiya Arabistoni, Qatar, Ozarbayjon, Turkiya, Janubiy Afrika.

Ommabop lekin obʼyektiv emas

Rossiya rublining kam baholangani haqida koʻp yillardan beri gapirib kelinadi. Bigmak indeksiga taʼsir qiluvchi omillar ham juda koʻp. Masalan ijara narxlari va maoshlar turli davlatlarda turlicha.
Undan tashqari burger narxini McDonald's kompaniyasi mahalliy aholi daromadi hamda xaridorlrik imkoniyaitga qarab belgilaydi. Undan tashqari, burger narxiga raqobat va soliqlar ham oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Shuning uchun ham “bigmak indeksi” obʼyektiv emas.
Uning oʻrniga boshqa tovarlardan foydalansa ham boʻladi. Masalan eng kerakli mahsulotlar, xom-ashyo yoki yarim tayyor mahsulotlar toʻplami narxlarini solishtirish orqali. Ularning narxini bozor shakllantiradi, qandaydir yagona xususiy korxona emas.

Gap bigmakda emas

Milliy valyuta kursini mamlakat toʻlov balansining uzoq muddatli dinamikasi belgilaydi. Undan tashqari valyuta kursiga mamlakatdagi pul massasi va inflyatsiya ham taʼsir qiladi. Shuningdek harbir davlatning Markaziy Banki oʻziga xos pul-kredit siyosati olib boradi va mamalkatda aylanayotgan pul miqdorini nazorat ustida ushlab turadi.
Denejnыe kupyurы SSHA. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.07.2021
Kolumnistlar
AQSH moliya vaziri defolt xavfi haqida ogohlantirdi
Valyuta kurslariga shuningdek bozor ishtirokchilarining kutishlari, xalqaro sanktsiyalar ham taʼsir qiladi. Ayniqsa sanktsiyalarning Rossiya rubliga jiddiy taʼsiri yaqqol sezilgan.
CMS Institutening iqtisodiy va moliya boʻlimi xodimi Nikolay Pereslavskiy aytishiga koʻra, soʻnggi 7 yil davomida Rossiyaga rubliga geosiyosat jiddiy taʼsir oʻtkazmoqda. Rossiyaga qarshi kiritilgan sanktsiyalar va neft narxining tushib ketishi Rossiya rublining qadrini 2 baravar tushirib yubordi. Sanktsiyaldar boʻlmaganda hozir Rossiya rubli kamida 1,5 baravar qimmatroq boʻlardi.
NIma boʻlganda ham yil oxiriga qadar dollar kursi 70dan pastga tushishi amri mahol. Kurs 73-77 oʻrtasida boʻlish ehtimoli yuqori. Lekin siyosiy xatarlar tufayli 80dan ham oshib ketish ehtimoli ham bor, deydi iqtisodchi. Yevro esa – 85-90 oʻrtasida boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala