Iqtisod

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi Oʻzbekistonga 750 mln dollardan ziyod ajratishi mumkin

Dollarы SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.08.2021
XVJ jahon iqtisodiyotini tiklashga 650 mlrd dollar ajratishi mumkin Kvotaga muvofiq (0,116%) Oʻzbekiston 754 million AQSH dollari olishi mumkin.
TOSHKENT, 3 avg — Sputnik. Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) jahon iqtisodiyotini tiklashga rekord darajasidagi 650 mlrd dollar ajratishi mumkin. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
“Xalqaro valyuta jamgʻarmasi zaxira aktivlari hisobidan 456 milliard SDR (Special Drawing Rights - maxsus qarz olish huquqlari, 650 milliard AQSH dollari) ajratadi. 275 milliard dollar rivojlanayotgan bozorlarga va mamlakatlarga beriladi”, - deyilgan xabarda.
XVJ boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyevaning soʻzlariga koʻra, bu XVJ tarixidagi eng yirik SDR taqsimoti va misli koʻrilmagan inqiroz davrida global iqtisodiyot uchun yoʻnaltirilgan moliyaviy koʻmak hisoblanadi. SDRning taqsimlanishi barcha aʼzo mamlakatlar manfaati uchun xizmat qiladi.
Mablagʻlarni ajratish toʻgʻrisidagi qaror 23 avgust kuni kuchga kiradi. Mablagʻlar kvotalarga mutanosib ravishda jamgʻarmaga aʼzo mamlakatlarga oʻtkazib beriladi. Kvotaga muvofiq (0,116%) Oʻzbekiston 754 million AQSH dollari olishi mumkin.
Dollarы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2021
Iqtisod
Jahon banki Oʻzbekistonga salkam 300 mln dollar imtiyozli kredit ajratadi
XVF jahon iqtisodiyoti joriy yil 6% va kelgusi yilda 4,9% ga oʻsishini bashorat qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala