Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Afgʻoniston besh mingta asir jangarilarni AQSH bosimi ostida ozodlikka chiqardi

© REUTERS / MOHAMMAD ISMAILAfganskiy voyennыy
Afganskiy voyennыy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.08.2021
Jangarilar, ozodlikka chiqishdan oldin hukumat kuchlariga qarshi ziddiyatlarda ishtirok etmaslik toʻgʻrisida kelishuvni imzolagan boʻlsalarda, ammo ozodlikka chiqqach yana afgʻon armiyasi bilan jangga kirishgan.
TOSHKENT, 4 avg - Sputnik. Afgʻoniston AQSH bosimi ostida besh ming nafar asir jangarilarni, shu jumladan "Tolibon"* qoʻmondonini ham ozodlikka chiqardi, deb yozadi The Wall Street Journal oʻz manbasiga tayangan holda.
Nashr suhbatdoshi soʻzlariga koʻra, Jangarilar, ozodlikka chiqishdan oldin hukumat kuchlariga qarshi ziddiyatlarda ishtirok etmaslik toʻgʻrisida kelishuvni imzolagan boʻlsalarda, ammo ozodlikka chiqqach yana afgʻon armiyasi bilan jangga kirishgan.
Sovmestnыe ucheniya Vostok–2019 voyennoslujaщix Uzbekistana i Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.08.2021
Analitika
Afgʻoniston chegaralarida uchyoqlama manyovrlar: ular qanday maqsadda oʻtkazilmoqda
1 maydan soʻng AQSH va NATO Afgʻoniston hududidan oʻz qoʻshinlarini chiqara boshlagach, Afgʻonistondagi vaziyat oʻtkir tus oldi.
Bu jarayon 2020 yilda toliblar va AQSH vakillari oʻrtasida imzolangan tinchlik bitimi doirasida roʻy bermoqda.
Ilgariroq, Sputnik radiosi afgʻon Mudofaa vazirining uyiga qurollangan shaxslar bostirib borgani haqida xabar bergan edi.
Xabarda aytilishicha, Afgʻoniston mudofaa vazirining uyiga seshanba kuni xudkush-terrorchilar hujum uyushtirgan, buni oqibatida sakkiz nafar tinch aholi halok boʻlgan.
Prezident Afganistana Ashraf Gani - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Afgʻoniston prezidenti vaziyat yomonlashishini AQSH qoʻshinlari olib chiqib ketilishi bilan bogʻladi
Sal avval esa nomaʼlum shaxslar Qobulda afgʻon harbiy idorasi rahbari Bismilloh Xon Muhammadiy va parlament quyi palatasi deputati Azim Bagʻloniyning uyiga kirib borishgani haqida xabar berilgan edi.
Portlashlar va oʻqqa tutishlar yuz berganligi aytilgandi.
"Sakkiz nafar tinch aholi oʻldirilgan, yana 20 nafari, jumladan, Muhammadiyning tan soqchilari jarohatlangan", – degan Afgʻoniston Mudofaa vazirligi vakili.
Maʼlumotlarga koʻra, hujum besh soatga yaqin davom etgan, natijada beshta xudkush-terrorchilar yoʻq qilingan.
* Rossiyada taʼqiqlangan terroristik tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader