Hodisalar

Namanganda shifokor doʻpposlanishi yuzasidan jinoiy ish ochildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVыstavka "Innoprom" v Tashkente
Vыstavka Innoprom v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.08.2021
Namanganda issigʻi koʻtarilganidan shikoyat qilib kelgan aka-ukadan koronavirusga chalinmaganini bilmoqchi boʻlgan shifokor ayovsiz kaltaklandi.
TOSHKENT, 4 avg — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahridagi 10-sonli oilaviy poliklinikada fuqaro shifokorni doʻpposlayotganligi aks etgan video tarqaldi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Voqea yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligi ham munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, vazirlik mazkur holat yuzasidan oʻrganishlar olib bormoqda. Ushbu tajovuz nima sababdan yuz bergani aniqlashtirilib, jarayonga huquqiy baho berish maqsadida tegishli organlar tomonidan aybdorlarga nisbatan keskin jazo choralari koʻrilishi taʼminlanadi.
“Sogʻliqni saqlash vazirligi mamlakatimizdagi har bir tibbiyot xodimi, jumladan, Namangan shahridagi tajovuzda jabrlangan tibbiyot xodimining manfaatlarini ham qatʼiy himoya qilish uchun qonunda belgilangan barcha choralarni ishga soladi” – deyilgan xabarda.
“Daryo” nashrining aniqlik kiritishicha, shifokor issigʻi koʻtarilganidan shikoyat qilib kelgan aka-ukadan tomonidan COVID-19 ga chalinmaganini bilmoqchi boʻlgani uchun ayovsiz doʻpposlangan.
Shifokorga olgan tan jarohati boʻyicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan boʻlib, 2021 yil 4 avgust kungi xulosaga koʻra shifokorga sogʻligʻini buzilishiga sababchi boʻlgan yengil tan jarohati yetkazilgani aniqlangan.
Rabota skoroy pomoщi v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
Hodisalar
Toshkentda qabulga kelgan mast bemor shifokor ayolni doʻpposladi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala