Jamiyat

“Pora berishga majbur boʻldim”: endi maxsus dasturiy taʼminotga shikoyat qilish mumkin

Dollarы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.08.2021
eanticor.uz dasturi test rejimida ishga tushirilgan boʻlib, unda korrruptsiya holatlari haqidagi murojaatlarni yoʻllash mumkin.
TOSHKENT, 4 avg — Sputnik. Oʻzbekistonda korruptsiya holatlari haqida Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligiga xabar qilish imkonini beruvchi maxsus dasturiy taʼminot ishga tushirildi.
eanticor.uz dasturi test rejimida ishga tushirilgan boʻlib, unda korrruptsiya holatlari haqidagi murojaatlarni toʻrtta shaklda, yaʼni:
“Korruptsiyaga duch keldim va pora berishga majbur boʻldim”;
“Korruptsiyaga duch keldim va pora bermadim”;
“Pora bilan bogʻliq boʻlmagan korruptsiyaga duch keldim”;
“Halol ishlaydigan davlat xizmatchisini uchratdim” kabi mavzularda yuborish mumkin.
Agentlik eanticor.uz orqali berilayotgan korruptsiya holatlari haqidagi murojaatlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqishi bilan bir qatorda berilgan murojaatlar asosida sohalardagi korruptsion holatlarni tahlil qiladi. Oʻtkaziladigan tahlil natijalariga koʻra korruptsiyaga imkon yaratayotgan omillarni bartaraf etish choralari koʻriladi.
Jumladan, korruptsiyaga yoʻl ochib berayotgan normalarni oʻzgartirish, bekor qilish yoki qonunchilikka tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi va ularni amalga oshirish choralari koʻriladi.
Denejnыe kupyurы i monetы raznыx stran - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.07.2021
Siyosat
Oʻzbekistonda poraxoʻrlarning ochiq elektron reyestri yuritiladi
Shuningdek, dasturiy taʼminoti orqali fuqarolarning korruptsiyaga oid murojaatlari asosida vazirlik, idoralar, viloyat va tumanlarning statistik reytingini kuzatib borish imkoniyati yaratildi.
Bunda tegishli idoralar mutasaddilari reytingdan tegishli xulosalarni chiqargan holda korruptsiyaga sabab boʻlayotgan omillarni bartaraf etish choralarini koʻrishi maqsadga muvofiq boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala