Dunyoda

Koronavirusning delta-shtammiga qarshi yangi vaktsinalar talab etilishi mumkin - olimlar

Maket koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.08.2021
Mutaxassislarning taʼkidiga koʻra, vaktsinalarning infektsiya yuqishiga qarshi samaradorligi 49%gacha, belgilar rivojlanishiga qarshi samaradorligi esa — 59%gacha pasaygan.
TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. Koronavirusning delta-shtammi tarqalishiga qarshi kurashish uchun yangi vaktsinalar kerak boʻlishi mumkin. Bu haqda Bloomberg agentligi britaniyalik olimlar tadqiqotlariga tayangan holda xabar bermoqda.
Mutaxassislarning taʼkidiga koʻra, vaktsinalarning infektsiya yuqishiga qarshi samaradorligi 49%gacha, belgilar rivojlanishiga qarshi samaradorligi esa — 59%gacha pasaygan.
Gospital dlya bolnыx COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2021
Dunyoda
BSST: "delta" shtammi dastlabki koronavirusdan ikki barobar yuqumliroq
Bunday koʻrsatkich esa, COVID-19 delta-shtammiga qarshi alohida preparat ishlab chiqarilishini oqlaydi, sababi, virus mutatsiyasi mavjud vaktsinalar samaradorligini pasaytirmoqda, deyiladi olimlar xulosasida.
Sal avval Rospotrebnadzor mavjud vaktsinalar yangi shtammga qarshi, xuddi avvalgidek ijobiy profilaktik va himoya xususiyatlariga egaligi haqida xabar qilgan va vaktsinalar COVID-19ning ogʻir formalarida ham himoyalashini qoʻshimcha qilgan edilar.
SARS-CoV-2 koronavirusining delta-shtammi — COVID-19 qoʻzgʻatuvchisi turlaridan biri sanaladi. U ilk marotaba Hindistonda aniqlangan. Koronavirusning ushbu varianti katta tezlikda yuqishi va kasallikdan keyin ogʻir asoratlarni chaqirishi bilan ajralib turadi. U S-oqsilida K417N mutatsiyasining mavjudligi bilan ajralib turadi, sogʻayib ketgan va emlangan kishilarning zardobi va antitanachalarini faolligini kamaytirishi mumkin.
Xuddi shu shtamm tez orada qolgan barcha shtammlarni siqib chiqarib, dunyoda dominant shtammga aylanishi mumkin, degan jiddiy xavotirlar yoʻq emas.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala