Dunyoda

Lukashenko chegaraning “har bir qarichini” yopish boʻyicha topshiriq berdi

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Fotobankka oʻtishPrezident Belorussii Aleksandr LukashenkoNG
Prezident Belorussii Aleksandr LukashenkoNG - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.08.2021
"Bugundan boshlab chegaradosh tomondan Belarus hududiga birorta ham qadam bosilmasligi kerak”, - dedi davlat rahbari.
TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. Belarus IIV va Mudofaa vazirligi mamlakatning janubiy va gʻarbiy chegaralaridagi qoʻriqlashni uni noqonuniy migrantlar tomonidan kesib oʻtishilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun kuchaytirishlari kerak. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko harbiylar bilan yigʻilishda maʼlum qildi, deyiladi davlat rahbari saytida.

“Bugundan boshlab chegaradosh tomondan Belarus hududiga birorta ham qadam bosilmasligi shart, xoh Janubdan yoki Gʻarbdan boʻlsin. Buni qanday bajarishingizni - mana bu yigʻilishdan keyin, muhokama qilamiz. Davlat kotibi huzurida yigʻilasiz. Bu yerda IIV vaziri, Mudofaa vaziri bor. Chegaraning har bir qarichini yoping. Biz chegara qoʻshinlari, umuman kuch tuzilmalarimizga behudaga ulkan mablagʻlar kiritmaganmiz”, - dedi Lukashenko.

Uning soʻzlariga koʻra, Belarus xalqi oʻzini tinch his qilishi lozim. Prezident chegaradosh mamlakatlar noqonuniy migrantlarni Belarus hududiga chiqarib yuborishidan xavotir bildirgan.
Aleksandr Lukashenko - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.07.2021
Dunyoda
Belarusdagi soʻz erkinligi ekstremizm tusiga kirdi - zayavil Lukashenko
Avvalroq Belarus Davlat chegara qoʻshinlari qoʻmitasi rasmiy vakili Anton Bichkovskiy RIA Novostiga Litva bilan chegarada ogʻir jismoiy ahvolda boʻlgan migrant aniqlanganini maʼlum qilgan edi. Migrant unga birinchi yordam koʻrsatish chogʻida vafot etgan. Xavfsizlik kengashi maʼlumotlariga koʻra, vafot etgan shaxs Iroq fuqarosidir. Belarus Tergov qoʻmitasi “Odam oʻldirish” moddasi bilan jinoiy ish ochgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala