Siyosat

"Milliy tiklanish" partiyasi prezidentlikka nomzodni tavsiya etdi - OAV

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovLider partii "Milliy tiklanish" Alisher Kadыrov
Lider partii Milliy tiklanish Alisher Kadыrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.08.2021
"Milliy tiklanish" DP 2021 yilgi prezidentlik saylovida uchinchi boʻlib oʻz nomzodini tavsiya qildi.
TOSHKENT, 6 avg - Sputnik. Oʻzbekiston prezidentlik saylovida "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi tomonidan partiya yetakchisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari Alisher Qodirov nomzod sifatida qatnashadi.
Bu haqda 6 avgust, juma kuni "Milliy tiklanish" DP markaziy kengashining navbatdan tashqari pleniumida maʼlum qilindi, deya xabar bermoqda "Daryo".
Maʼlumot uchun, Alisher Qodirov 1975 yilda tugʻilgan. 1996 yilda Egey universitetini (Turkiya), 2009 yilda Toshkent moliya institutini (sirtdan) va 2011 yilda Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Liderы politicheskiy partiy Uzbekistana na zasedanii TSIK, posvyaщennom startu prezidentskoy izbiratelnoy kampanii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.07.2021
Siyosat
Oʻzbekistonni yangi prezidenti nimaga tayyor: partiyalar yetakchilari saylovoldi rejalari haqida
2015 yildan beri deputatlik faoliyatini yuritayotgan Alisher Qodirov 2019 yilning may oyida partiya raisligiga saylangan. Unga qadar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari sifatida mehnat qilgan.
Qonunchilikka koʻra, partiya yuqori organi uning nomzodini maʼqullashi, Respublikadagi jami saylovchilarning kamida 1 foizi nomzodni qoʻllab-quvvatlab imzo qoʻyishi kerak boʻladi.
Oʻzbekistonda 23 iyul kuni prezident saylov kampaniyasiga start berildi. Mazkur saylovlarda 5 ta partiya – "Adolat" SDP, "Milliy tiklanish" DP, OʻzLiDeP, XDP va Oʻzbekiston Ekologik partiyasi oʻz nomzodini ilgari surish huquqiga ega.
Avvalroq Oʻzbekiston prezidentlik saylovida Ekopartiya tomonidan partiya markaziy kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi Narzullo Oblomurodov, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi tomonidan partiya siyosiy kengashi raisi Bahrom Abduhalimov nomzod sifatida ishtirok etishi maʼlum boʻlgandi.
Prezident saylovi 24 oktyabr kuni oʻtkaziladi. Saylovga jami 300 milliard soʻm, har bir nomzodga esa 3 milliard soʻmdan ajratiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala