Iqtisod

Coca-Cola Uzbekistan davlat ulushi 252,2 mln dollarga Turkiya kompaniyasiga sotildi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishProduktsiya zavoda Coca-Cola
Produktsiya zavoda Coca-Cola - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.08.2021
Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd ustav kapitalidagi 57,118 foiz davlat ulushi Coca-Cola İçyecek A.Ş. kompaniyalar guruhiga sotildi.
TOSHKENT, 7 avg — Sputnik. Oʻzbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston (CCBU) ustav kapitalidagi 57,118% davlat ulushini Coca-Cola İçyecek A.Ş." (CCI, Turkiya) kompaniyalar guruhiga, unga toʻliqligicha qarashli boʻlgan CCI International Holland B.V. shoʻʼba korxonasi orqali 252,28 million dollarga sotish boʻyicha kelishuvga erishdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Bitim Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan maʼqullangan. Bitimni yakunlash jarayoni tartibga soluvchi organlar tomonidan beriladigan muayyan ruxsatlar olinishini talab qiladi.
Mazkur bitim xalqaro amaliyotda qabul qilingan va Oʻzbekiston qonunchiligi talablaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston prezidentining 2020 yil 27 oktyabrdagi farmoniga asosan ommaviy oshkora sotuv jarayoni shaklida tashkil etildi.
Izobrajeniye Coca-Cola na odnom iz torgovыx tsentrov v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2020
Iqtisod
Coca-cola zavodi xususiylashtirishga tayyorlanmoqda
Davlat ulushining mazkur sotuv jarayoni Rothschild & Co agentlikning moliyaviy maslahatchisi, Dentons esa yuridik maslahatchisi sifatidagi ishtirokida amalga oshirildi.
Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd MCHJ — Oʻzbekistonda gazlangan alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniya boʻlib, u Toshkent, Namangan va Urganch shaharlarida ishlab chiqarish zavodlariga, shuningdek, omborxonalar tarmogʻiga ega. 2020 yil yakunlari boʻyicha kompaniyaning sof foydasi 205 milliard soʻmni tashkil etgan.
Coca-Cola İçecek esa Coca-Cola tuzilmasidagi yirik korxonalardan hisoblanadi. Uning asosiy egalariAnadolu Efes va The Coca-Cola Company.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala