Hodisalar

Samarqandlik yigit tanishining 16 ming $ini bukmekerlik saytida yutqazib qoʻydi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Fotobankka oʻtishSotrudnik sledstvennogo izolyatora
Sotrudnik sledstvennogo izolyatora - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.08.2021
Samarqandlik yigit katta miqdordagi pullarni tanishini aldash yoʻli bilan qoʻlga kiritgan. Firibgar salqin ichimliklar savdosini yoʻlga qoʻyib, foyda koʻrishni taklif etgan
TOSHKENT, 8 avg - Sputnik. Samarqandlik yigit oʻzganing 16 ming AQSH dollarini bukmekerlik saytida yutqazib yuborgan, deb xabar bermoqda Samarqand viloyat IIB axborot xizmati.

Xabarda aytilishicha, 26 yoshli S.F. tengdosh tanishi X.SH.ning ishonchiga kirib, unga salqin ichimliklar savdosi bilan shugʻullanish va foyda koʻrishni taklif qilib, jami 16 000 AQSH dollari miqdoridagi pullarini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.
Mashina - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2021
Hodisalar
Zarar 5,3 mlrd soʻm: Toshkentda firibgarlar ijaraga olingan mashinalarni sotib yubordi
Soʻngra ushbu pullarni "1xbet" bukmekerlik saytida oʻyinlarga tikib, yutqazib qoʻygan.
Bundan tashqari, S.F. tanishi T.J.ga tegishli “Damas” rusumli avtomashina pullarini boʻlib toʻlab berish sharti bilan 9 000 AQSH dollariga xarid qilgan. Avtomashinani biroz muddat boshqargach, boshqa shaxsni avtomashina oʻziga tegishli ekanligiga ishontirib, 6 200 AQSH dollariga sotgan va pullarni yana oʻzining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan S.F.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Dastlabki tergov davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala