Jamiyat

Oʻzbekistonda kafe va restoranlarga maxsus QR-kodni koʻrsatgan holda kirish mumkin boʻladi

Restoran v Parije - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.08.2021
Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yigʻilishida mamlakatimizda koronavirus infektsiyasiga qarshi emlash jarayonlarini jadallashtirish masalasi muhokama qilindi.
TOSHKENT, 9 avg - Sputnik. Joriy yil 10 avgustdan eʼtiboran Oʻzbekistondagi umumiy ovqatlanish shoxobchalariga maxsus QR-kodni koʻrsatgan holda tashrif buyurish mumkin boʻladi.
Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot-xizmati xabar bermoqda.
"...aholini ommaviy emlash koronavirusning yangi toʻlqinlarining oldini olishning muhim omili ekanligini hisobga olib, shuningdek, tadbirkorlik subʼyektlarini pandemiya sharoitida har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va emlash jarayonlarini yanada jadallashtirish maqsadida maxsus komissiyasining qarori bilan: 2021 yil 10 avgustdan eʼtiboran: umumiy ovqatlanish obʼyektlari – restoran, kafe, oshxona va choyxonalarning ishchi va xodimlari (salomatligi boʻyicha qarshi koʻrsatma boʻlgan xodimlari bundan mustasno) koronavirusga qarshi vaktsinaning (turidan qatʼi nazar) kamida 2 ta dozasi bilan emlanganligi toʻgʻrisidagi sertifikati boʻlgan taqdirda, ularga nisbatan soat 8:00 dan 20:00 gacha hamda faqat ochiq havoda faoliyat koʻrsatishi bilan bogʻliq karantin cheklovlari tatbiq etilmasligi belgilandi", - deyiladi xabarda.
Maket koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.08.2021
Dunyoda
Koronavirusning delta-shtammiga qarshi yangi vaktsinalar talab etilishi mumkin - olimlar
Bunda umumiy ovqatlanish obʼyektlariga koronavirusga qarshi vaktsina bilan emlanganligi toʻgʻrisidagi QR-kodi yoki sertifikati mavjud boʻlgan tashrif buyuruvchilarni kiritish tavsiya etilmoqda (salomatligi boʻyicha qarshi koʻrsatma boʻlganlar bundan mustasno).
2021 yil 1 oktyabrdan boshlab: tadbirkorlik va xizmat koʻrsatish subʼyektlarining ishchi va xodimlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar (salomatligi boʻyicha qarshi koʻrsatma boʻlganlar bundan mustasno) koronavirusga qarshi vaktsinaning (turidan qatʼi nazar) kamida 2 ta dozasi bilan emlanganligi toʻgʻrisidagi sertifikati boʻlmagan taqdirda, ularning faoliyat koʻrsatishi vaqtinchalik toʻxtatiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala