Analitika

“Rossiya Yevropa boʻladi”: AQSH va Polsha munosabatlarida nima roʻy berdi

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishFlagi SSHA i Polshi
Flagi SSHA i Polshi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.08.2021
TOSHKENT, 11 avg — Sputnik. Kseniya Melnikova. Bayden AQShning Polshadagi elchisi etib taniqli amerikalik siyosatchi Zbignev Bjezinskiyning oʻgʻli Mark Bjezinskiyni tayinlashni taklif qildi. Buni nafaqat Moskvada, balki Sharqiy Yevropaning barcha poytaxtlaridan razmiy deb hisoblashgan boʻlishardi. Ammo Varshava diplomatni qabul qilishni xohlamayapti. Polsha va Qoʻshma Shtatlar oʻrtasida nimalar roʻy bermoqda – RIA Novosti oʻrgandi.

Otasiga tortgan

Amerika maʼmuriyatining qisqa xabari Sharqiy Yevropada shov-shuvni keltirib chiqardi. “Prezident Jozef Bayden Mark Bjezinskiyni Polsha Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchi etib tayinlamoqchi ekanini eʼlon qildi”, - deyiladi Oq uy saytida. Endi uning nomzodini senat maʼqullashi kerak.
Tramp davrida AQShni Polshadagi vakili Jorjet Mosbaxer edi. Yanvar oxirida u bu lavozimdan ketdi.
Bashni Moskovskogo Kremlya i kupola Pokrovskogo sobora na zakate - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.05.2021
Rossiya
Kreml Rossiyani “normal boʻlmagan mamlakat” deb atagan Polsha prezidentiga javob qaytardi
Mark – 1977-1981 yillarda prezident Jimmi Karter davrida millif xavfsizlik maslahatchisi boʻlgan Zbignev Bjezinskiyning oʻgʻli. “U polyak tilida erkin gaplashardi, Polshada uni yaxshi bilishar va hurmat qilishardi”, - deb yozadi “Associated Press”.
Bjezinskiyni sovuq urushdagi amerika gʻalabasi hammuallifi deb hisoblashadi. U amerikaliklarning Afgʻonistonda sovet rejimiga qarshi kurashgan mujahedlarni faol qoʻllab-quvvatlashlari tarafdori boʻlgan. 1970 yillarda AQSH Sovet Ittifoqi Oʻrta Sharqqa jalb qila oldi. Keyinchalik Zbignev NATOni kengaytirish va Rossiyani tutib turish tashviqotini olib bordi.
Taniqli siyosatchining fikriga akademik va diplomatik hamjamiyatning hamma ham vakillari qoʻshilmasdi. “Ukraina Yevropa dunyoning bir qismi boʻlishini xohlayotganini isbotlashi kerak. Agar u buni uddalasa, Rossiya uchun yagona istiqbol – voqelikka koʻnish va oʻzi ham Yevropaning bir qismi boʻlishi”, - deya bashorat qilardi u. Katta Bjezinskiy, aftidan, Ukrainaga katta ahamiyat bergan. “Usiz Rossiya imperiya boʻlishdan toʻxtaydi, - deb hisoblardi u. – Sotib olibgan, keyin esa qaram qilingan ubilan esa avtomatik ravishda imperiya aylanadi”.
“Zbiga” oʻgʻli ham Sharqiy Yevropa va Yevroosiyoni faoliyati mavzusi sifatida tanladi. Kichik Bjezinskiyning diplomatik tajribasi bor: Prezident Klinton maʼmuriyatida u Rossiya va Yevroosiyo ishlari boʻyicha direktor boʻlgan, keyin Oq uyning Milliy xavfsizlik kengashida Bolqon yarim oroli boʻyicha direktor. Barak Obamaning saylov shtabida tashqi siyosat masalalari boʻyicha maslahatchi boʻlib ishlagan, 2011 yildan 2015 yilgacha Shvetsiyada elchi boʻlgan. 54 yoshli Bjezinskiy – yurist, Dartmut kolleji va Virjiniya universitetida tahsil olgan. Sal keyinroq Oksfordda siyosatshunoslikni oʻrgangan, polyak va frantsuz tillarini biladi.
Bjezinskiyning Varshava bilan munosabatlari alohida. U u yerda Fulbrayt stipendiya loyihasi asosida oʻqigan, “Polshada konstitutsionalizm uchun kurash” kitobini yozgan. Polsha Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan – bu mukofotni prezident xalqaro hamkorlik va xalqlar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishni mustahkamlashdagi ulkan yutuqlar uchun beradi.

Umuman ravnaq uchun emas

Polsha bilan chambarchas aloqalar bu holatda hoynahoy zarar yetkazishga qodir. Polshaning “Onet” yangiliklar portalining mamlakat hukumatidagi manbalariga tayangan holda yozishicha, Varshava hozircha Bjezinskiyga agreman berishdan bosh tortyapti.
Sababi – Polsha fuqaroligi. Gap shundaki, Markning otasi – Zbignev Bjezinskiy – 1928 yilda Varshavada tugʻilgan va uning farzandlari Polsha qonunlariga koʻra avtomatik ravishda bu mamlakat fuqarolari sanaladi. Shu bilan birga ularning hech qanday rasmiy hujjatlari yoʻq. 1961 yildagi Vena konventsiyasining diplomatik munosabatlar toʻgʻrisidagi 8-moddasida aytilgan: diplomatik missiya aʼzolari ular oʻsha davlat fuqarolari boʻlishlari shart. Lekin shu bilan birga, ularni tayinlayotgan davlat diplomatni qabul qilish huquqiga ega, agar u va uning fuqarosi ham rozi boʻlsa.
Ammo Polsha TIVning koʻp yilik amaliyoti boshqa. “Polsha fuqarosi diplomatik missiyani (Polshada) bajarmasligi shart, zero soliq yoki yuridik immunitet talab qilishi mumkin. Qoida amal qiladi: “Oʻz mamlakatida elchi boʻlolmaydi”, - deya tushuntirishmoqda mahalliy OAVlar. Diplomatik vakolatxonaga rahbarlik qilish uchun Mark prezident Anjey Dudaga uni fuqarolikdan mahrum qilishni soʻrab murojaat qilishiga toʻgʻri keladi. Bu talab Bayden maʼmuriyati va kichik Bjezinskiyning oʻzini ham hayratga soldi. U oʻzini polyak deb hisoblamasligi va umuman bu mamlakat fuqarosi emasligi aytyapti. Biroq Varshavaning fikri boshqacha. Bjezinskiy Dudadan biror bir narsani soʻrashdan boʻyin tovlayapti. “Amerika hukumati bu jarayonni tahqirlash deb hisoblaydi, zero Polsha tomoni AQSH buning istaklarini jimgina bajarishini istaydi”, - deya yozadi Wyborcza.
Flag Polshi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.08.2021
Kolumnistlar
Polshaga Kaliningrad kerak: mojaro boshlanib boʻldi
Odatda mamlakatlar agramen soʻrovini bir oy ichida koʻrib chiqadi, lekin doʻst davlatlar ikki haftada ham ishni pishirishadi. AQShning Varshavadagi elchilariga ikki-uch kunda hujjat bergan vaqtlari ham boʻlgan. Nomzoddan norozilik va jarayonni choʻzishni odatda munosabatlar yomonlashishining signali deb hisoblashadi. Gap umuman Bjenskiyning fuqaroligida emas, balki Polsha hukumatining Vashingtondagi yangi prezident maʼmuriyati bilan aloqalarida ekanligi istisno qilinmaagan. “Bu mavzu – amerikaliklarga bosim oʻtkazish uchun bahonadan boshqa narsa emas. Barcha manbalarimiz taʼkidlashyaptiki: bundan maʼlumotning OAVga sizdirilishi ham elchi Bjezinskiyning ehtimoliy diplomatik missiyasi uchun, ham Polsha-AQSH munosabatlari uchun falokatlik oqibatlarga ega boʻlishi mumkin”, - deya yozadi Wyborcza.
Varshava va Vashington ittifoqdoshlar boʻlishlariga qaramasdan, ularning bir-birlariga boʻlgan daʼvolari oz emas. Masalan, Andjey Duda Jozef Baydenni AQSH prezidenti lavozimiga saylanganligi bilan Germaniya, Britaniya va Frantsiya kabi 7 noyabrda esa, balki dekabr oxirida – ovoz berishning rasmiy natijalari eʼlon qilinganda tabrikladi. Yaqinda Varshava Vashingtonni u “Shimoliy oqim-2”ni qurib bitkazishga ruxsat bergani uchun tanqid qildi. AQSH – xususan, yangi maʼmuriyat – Polshani uning fuqarolarining demokratik erkinliklarini cheklashda ayblaydi. Bir guruh amerikalik senatorlar Polshada “demokratiyaning doimiy regressi” borligini taʼkidlagandi. Iyul oyida Davlat departamenti rasmiy vakili Ned Prays Varshavaga matbuot erkin va mustaqil boʻlish kerakligini eslatib qoʻydi.

“Rossiyadagi uning roliga keragidan ortiqcha baho berilgan”

Koʻpchilik Mark Bjezinskiy otasi singari rusobof siyosatini oʻtkazishidan hadiksirashmoqda. 2020 yil iyulida uning akasi Yan Vashitgton Moskvaga nisbatan yetarlicha qattiqqoʻl boʻlmaganini aytdi. Uning fikricha, bunday yondashuv Kremlning tashqi siyosiy yoʻnalishini oʻrgartirmagan va hatto “Rossiya prezidentiga jasurlik bagʻishlagan”.
Bjezinskiyning Polshadagi Amerika elchisi etib tayinlanish ehtimolinini Varshava va Moskva munosabatlari nuqtai nazaridan koʻrib chiqmaslik kerak. Bu ularga taʼsir koʻrsatmasligi kerak, deb hisoblaydi YE.M. Primakov nomidagi jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar milliy tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi Dmitriy Ofitserov-Belskiy. “Bu yerda Rossiya uchun hech qanday signal yoʻq. Amerikaliklar, hoynahoy, hatto tasavvur qilishmaydi, Moskvada Zbignev Bjezinskiy figurasiga qanchalik ortiqcha baho berilgan. AQShda u maslahatchi, hukumatga yaqin kishi edi, biroq uni hech kim nufuzli intellektual va boz ustiga Sovet Ittifoqi gʻoyasga qarshi kurashuvchi deb hisoblamagan. Bjezinskiyning tayinlash yordamida AQSH polyaklarga maylni namoyon etishmoqchi boʻlishdi”, - deydi ekspert.
Amerikanskaya voyennaya texnika pered perebroskoy v Yevropu dlya uchastiya v ucheniyax DEFENDER-Europe 20 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.06.2020
Dunyoda
“Virus qayda qoldi?”: Polshada AQSH qoʻshinlari ishtirokida harbiy mashq boshlandi
U elchining shaxsiyati koʻzgan koʻrinarli ekani, lekin u xalqaro siyosatda asosiy rolni baribir oʻynamasligini taʼkidlaydi. “AQShning Polshadagi diplomatik vakolatxonasi rahbari biror bir muhim funktsiyani bajaradi deb oʻylamayman. Unga unchalik koʻp narsa ham bogʻliq emas”, - ishonchi komil Ofitserov-Belskiyning.
Uning fikricha, Varshava va Vashington munosabatlari, hech narsaga qaramasdan ajoyib. Mamlakatlar oʻrtasida strategik hamkorlik mavjud. Buyuk Britaniya YEIdan chiqqandan soʻng Polsha avtomatik ravishda AQShning Yevropa Ittifoqidagi sodiq va izchil ittifoqdoshi, uning taʼsiri agenti boʻldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala