Iqtisod

Toshkentda xizmatlar sohasida qariyb 500 mingta ish oʻrnini yaratish rejalashtirilmoqda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNovыy inklyuzivnыy Tsentr gosuslug v Dexkanabade otkrыl svoi dveri dlya posetiteley
Novыy inklyuzivnыy Tsentr gosuslug v Dexkanabade otkrыl svoi dveri dlya posetiteley - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.08.2021
Bu reja yangi tadbirkorlik subʼyektlari va tunu kun ishlaydigan savdo-koʻngilochar koʻchalar tashkil etish kabi yoʻllar bilan amalga oshiriladi.
TOSHKENT, 12 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida xizmatlar sohasida yangi ish oʻrinlari tashkil etishga doir loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Prezident bu sohani iqtisodiyotda muhim drayverga aylantirish va 2023 yilga qadar xizmatlar hajmini ikki baravarga oshirish zarurligini taʼkidladi.
Xususan, joriy yilning iyun-dekabr oylarida xizmatlar sohasida 415 mingta ish oʻrni yaratish moʻljallangan. Bu reja yangi tadbirkorlik subʼyektlari va tunu kun ishlaydigan savdo-koʻngilochar koʻchalar tashkil etish, oʻzini oʻzi band qilish, birinchi qavat va yertoʻlalarni ijaraga berish orqali amalga oshiriladi.
Jumladan, iyun-iyul oylarida 24 ming kishi oʻzini oʻzi band qilgan, yangi tadbirkorlik subʼyektlarida 17 ming fuqaro ishli boʻlgan.
Prezident bu tajribani mamlakatning boshqa hududlarida ham tatbiq etish boʻyicha topshiriq berdi. Qonunchilikka oʻzgartirish kiritib, xizmat koʻrsatuvchilarga moliyaviy yengilliklar berish orqali ular faoliyatini rasmiylashtirish muhimligi taʼkidlandi.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o progresse reform v sfere gosuslug - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda davlat xizmatlari muddati qisqartiriladi va toʻlov miqdori kamaytiriladi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala