Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirus: kasallanganlar soni 141 mingdan oshdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishLecheniye bolnыx s COVID-19 v GKB №52
Lecheniye bolnыx s COVID-19 v GKB №52 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.08.2021
Koronavirusga qarshi toʻliq emlanganlar soni 1 380 457 nafarni tashkil qilmoqda.
TOSHKENT, 13 avg - Sputnik. Oʻzbekistonda bir sutkada 948 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 8 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
"2021 yil 12 avgust holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 141158 (+948) nafarni tashkil etmoqda", - deyiladi vazirligi xabarida.
Yangi kasallanish holatlarining eng koʻpi: Qoraqalpogʻiston Respublikasida (91), Surxondaryo viloyatida (90), Fargʻona viloyatida (82), Toshkent viloyatida (96), va 204 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Vaktsinatsiya preparatom Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.08.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston armiyasining qariyb 100 foizi koronavirusga qarshi emlandi
Kasallikdan sogʻayganlar jami 134 307 nafarga yetgan va sogʻayish koʻrsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
️Shuningdek, 8 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 964 nafarni tashkil qilmoqda.
Sogʻliqni saqlash vazirligi axborotiga koʻra, Oʻzbekistonda bir sutkada 521 nafar kishida pnevmoniya aniqlangan. Jami bemorlar soni 16 885 nafarni tashkil etmoqda. Shuningdek, 4 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 114 nafarga yetgan.
Oʻzbekistonda ayni kungacha mamlakatimizda jami 11 651 161 doza vaktsinadan foydalanilgan. Ulardan: 1-bosqich emlanganlar 8 265 847 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 2 466 618 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 918 696 nafarni tashkil qildi.
Shu kungacha toʻliq emlangan fuqarolar 1 380 457 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala