Siyosat

Toshkent Yoshlar deklaratsiyasi qabul qilindi

© Press-slujba Natsionalnogo tsentra Respubliki Uzbekistan po pravam chelovekaVsemirnaya konferentsiya po pravam molodyoji
Vsemirnaya konferentsiya po pravam molodyoji - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.08.2021
Toshkentda oʻtkazilgan "Global harakatlarga yoshlarni jalb qilish" mavzuidagi Yoshlar huquqlari boʻyicha butunjahon konferentsiyasi yakunida Toshkent Yoshlar deklaratsiyasi qabul qilindi.
TOSHKENT, 14 avg - Sputnik. Toshkentda oʻtkazilgan "Global harakatlarga yoshlarni jalb qilish" mavzuidagi Yoshlar huquqlari boʻyicha butunjahon konferentsiyasi yakunida Toshkent Yoshlar deklaratsiyasi qabul qilindi.
Bu haqda Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Butunjahon konferentsiyasining asosiy tashkilotchilari – Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, jumladan Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hisoblanadi.
Konsultativnaya vstrecha glav gosudarstv Tsentralnoy Azii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.08.2021
Siyosat
Yoshlarni birlashtirish, oziq-ovqat xavfsizligi - Mirziyoyev MO sammitida nimalarni taklif qildi
Ushbu nufuzli xalqaro anjuman BMT Inson huquqlari boʻyicha oliy komissari Boshqarmasi, BMTning Oʻzbekistondagi jamoasi, YEXHTning Oʻzbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisi va F.Ebert nomidagi jamgʻarma bilan hamkorlikda oʻtkazildi.
Konferentsiyaning ikki kunlik ishi davomida 67 nafar maʼruzachi soʻzga chiqdi. Shundan 49 nafari xorijiy ekspertlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari hisoblanadi. Milliy maʼruzachilar 18 nafar boʻlib, 10 nafari yoshlardir.
Toshkent Yoshlar deklaratsiyasi muxtasar muqaddima, xotima va 5 ta asosiy qismdan iborat.
Deklaratsiyaning “Pandemiya va yoshlar”, “Yoshlar – Barqaror rivojlanish maqsadlarining “drayver”i”, “Yoshlarning taʼlim va sogʻliqni saqlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyati”, “Yoshlar va bandlik”, “Yoshlarning huquqlarini himoya qilish mexanizmlari” nomli qismlarining har birida yoshlar huquqlari va manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan tegishli tashabbus, taklif hamda tavsiyalar qayd etilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala