Jamiyat

Muftiy Usmonxon Alimovning dafn marosimi Samarqandda boʻlib oʻtadi

© Press-slujba Upravleniya musulman UzbekistanaGlava Upravleniya musulman Uzbekistana Usmonxon Alimov
Glava Upravleniya musulman Uzbekistana Usmonxon Alimov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.08.2021
Muftiyning janoza namozi 16 avgust kuni Samarqand viloyati Ishtixon tumani Orlot qishlogʻidagi masjidda oʻqiladi.
TOSHKENT, 15 avg — Sputnik. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning janozasi Samarqandda oʻqiladi. Bu haqda mamlakat Musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Muftiy hazratlarining janoza namozi va taʼziya marosimlari 16 avgust kuni Samarqand viloyati Ishtixon tumani Orlot qishlogʻi "Eshoni Temirxon Toʻra" (avvalgi "Orlot" masjidi) jome masjidida boʻlib oʻtadi”, - deyilgan xabarda.
Muftiy Uzbekistana Usmonxon Alimov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.08.2021
Jamiyat
Muftiy Usmonxon Alimov vafot etdi
Xabarda janoza namozi vaqti haqida qoʻshimcha maʼlumot berilishi taʼkidlangan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Moskvada davolanayotgan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 71 yoshida vafot etgani haqida xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala