Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Oʻzbekistonning Kobuldagi elchixonasi oʻz faoliyatini davom ettirmoqda – TIV rasmiy vakili

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdaniye MID Uzbekistana
Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.08.2021
Oʻzbekistonning Kobuldagi elchixonasi va Mozori Sharifdagi konsulligi faoliyatini davom ettirmoqda.
TOSHKENT, 15 avg — Sputnik. Afgʻonistondagi vaziyatga qaramay Oʻzbekistonning Kobuldagi elchixonasi va Mozori Sharifdagi konsulligi faoliyatini davom ettirmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri rasmiy vakili Yusuf Kabuljanov Sputnik muxbiriga maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, Kobuldagi elchixona va Mozori Sharifdagi konsullik xodimlari hali evakuatsiya qilingani yoʻq.
14 avgust kuni Afgʻoniston shimolidagi Mozori Sharif shahri (Termizdan 58 kilometr janubda joylashgan) “Tolibon”* qoʻliga oʻtgani maʼlum boʻlgan edi. Shahar topshirilgach, Afgʻoniston mudofaa va xavfsizlik kuchlari Oʻzbekiston bilan chegara tomon chekingan.
Rashid Dustum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Manba: marshal Doʻstum Oʻzbekistonda
Oʻzbekiston tomoni Afgʻoniston Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilaridan iborat 84 kishilik guruhni qabul qilgan.
15 avgust soat 10.00 holatiga koʻra, Termiz-Hayraton koʻprigi hududida vaziyat yumshagan. Koʻprikning Afgʻoniston qismida toʻplangan Afgʻoniston fuqarolarining asosiy qismi koʻprikni va unga tutash hududni mustaqil ravishda tark etgan.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala