Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Ashraf Gʻani Oʻzbekistonda ham, Tojikistonda ham, Qozogʻistonda ham emasligi aytildi

© AP Photo / Rahmat GulPrezident Afganistana Ashraf Gani
Prezident Afganistana Ashraf Gani  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2021
TOSHKENT, 16 avg – Sputnik. Toshkentdagi Afgʻoniston elchixonasi mamlakat sobiq prezidenti Ashraf Gʻani Oʻzbekistonda ekani haqidagi maʼlumotga ega emas. Bu haqda diplomatik missiya vakili RIA Novostiga maʼlum qildi.
Shuningdek, Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Afgʻoniston prezidenti Tojikiston orqali uchinchi mamlakatga uchib ketgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
"Janob Muhammad Ashraf Gʻani oʻtirgan samolyot Tojikiston havo hududiga kirmagan va mamlakat hududiga qoʻnmagan. Yana shuni ham taʼkidlash joizki, Tojikiston tomoni Afgʻoniston tomonidan tegishli soʻrov olmagan", — deyiladi Tojikiston TIV xabarida.
Prezident Afganistana Ashraf Gani - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Gʻani Afgʻonistonni nega tark etganini tushuntirdi
Bundan tashqari, Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligi ham Ashraf Gʻanining ushbu mamlakatda emasligini maʼlum qilgan.
Avvalroq qator nashrlar oʻz manbalariga tayangan holda Gʻani avvaliga Tojikistonga, soʻng u yerdan Oʻmonga uchib ketgani haqida xabar berishgan edi.
“The New York Times” nashri esa Gʻani rafiqasi va ikki yordamchisi bilan birga Oʻzbekistonga yoʻl olgani haqida yozdi. Ushbu axborotni Ashraf Gʻanining shaxsiy qoʻriqchisi Al Jazeera telekanaliga ham tasdiqlagan.
Eslatib oʻtamiz, 15 avgust kuni “Tolibon”* jangarilari kechqurun Kobulga jangsiz kirishdi va hukumat kuchlari tomonidan qoldirilgan davlat muassasalarini egallashdi. Ular bir necha soat ichida poytaxtni boshqarishni oʻz qoʻllariga olishlarini aytishdi. Afgʻoniston yetakchisi Ashraf Gʻani “qon toʻkilishining oldini olish uchun” mamlakatni tark etganini bildirdi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Rashid Dustum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Manba: marshal Doʻstum Oʻzbekistonda
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala