Siyosat

Oʻzbekiston TIV Afgʻoniston boʻyicha bayonot berdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdaniye MID Uzbekistana
Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
TIV: Oʻzbekiston davlat chegarasini buzishga boʻlgan har qanday urinishlar milliy qonunchilikka muvofiq keskin ravishda bartaraf etiladi.
TOSHKENT, 17 avg – Sputnik. Oʻzbekiston Afgʻonistondagi vaziyatning rivojlanishini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda mamlakat TIV maʼlum qildi.
“Ichki afgʻon kuchlarining inklyuziv hukumat shakllantirishga tayyorligi haqidagi bayonotlarini qoʻllab-quvvatlaymiz.Dohadagi afgʻonlararo muzokaralar doirasida keng koʻlamli tinchlikka erishilishiga umid bildiramiz. Umid qilamizki, mamlakatda hokimiyat tranziti xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan meʼyorlarini inobatga olgan holda umumiy konsensus asosida tinch yoʻl bilan amalga oshiriladi”, - deyilgan rasmiy bayonotda.
Bildirilishicha, vaziyatning bu yoʻnalishda rivojlanishi milliy kelishuvga erishishga olib keladi hamda kuchli va layoqatli davlatni shakllantirish uchun sharoit yaratadi.
Oʻzbekiston tomoni Afgʻoniston bilan anʼanaviy doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini qoʻllab-quvvatlashga va qoʻshni davlatning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillariga sodiqligini qatʼiy bildiradi”, - deyilgan bayonotda.
Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonning Kobul va Mozori Sharifdagi diplomatik vakolatxonalari odatdagi tartibda ishlamoqda.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston tomoni chegara himoyasini taʼminlash va chegara hududida tinchlikni saqlash masalalari boʻyicha “Tolibon”* harakati vakillari bilan yaqin aloqada boʻlib turibdi.
Shuni qatʼiy maʼlum qilamizki, Oʻzbekiston davlat chegarasini buzishga boʻlgan har qanday urinishlar milliy qonunchilikka muvofiq keskin ravishda bartaraf etiladi”, - deyilgan vazirlik xabarida.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Siyosat
Oʻzbekiston Afgʻonistonda tezroq tinchlik va barqarorlik oʻrnatilishidan manfaatdor – Mirziyoyev
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala