Jamiyat

Prezident poraxoʻrlik uchun javobgarlikka tortilgan mansabdorlar sonini ochiqladi

Dollarы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
2021 yilning besh oyida 1696 nafar mansabdorga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Yetkazilgan zarar 450 milliard soʻm.
TOSHKENT, 17 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston” gazetasiga bergan intervyusida korruptsiya masalasiga toʻxtaldi.
Davlat rahbarining taʼkidlashicha, mamlakatda taraqqiyot kushandasi boʻlgan illat – korruptsiyaga qarshi izchil kurash olib borilmoqda.
“Misollarga murojaat qiladigan boʻlsak, 2020 yilda turli darajadagi mansabdorlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun 1723 shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ular tomonidan yetkazilgan zarar 500 milliard soʻmni tashkil etgan. 2021 yilning besh oyida esa 1696 nafar mansabdorga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Yetkazilgan zarar 450 milliard soʻmni tashkil etmoqda”, - dedi u.
Mirziyoyev bu moddiy zararlar aybdorlardan hech shubhasiz undirib olinishini qoʻshimcha qildi.
“Korruptsiya balosini jamiyatimiz hayotidan yoʻq qilishga qaratilgan siyosat kelgusida ham qatʼiy davom ettiriladi”, - dedi Mirziyoyev.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda korruptsiya holatlari haqida Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligiga xabar qilish imkonini beruvchi eanticor.uz maxsus dasturiy taʼminot ishga tushirilgan edi.
Denejnыe kupyurы i monetы raznыx stran - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.07.2021
Siyosat
Oʻzbekistonda poraxoʻrlarning ochiq elektron reyestri yuritiladi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala