Rossiya

Rossiya afgʻon chegarasida xavf tugʻilgan taqdirda Oʻzbekistonni tashlab qoʻymaydi – Djabarov

© Sputnik / Vladimir TrefilovPervыy zamestitel predsedatelya Komiteta Soveta Federatsii RF po mejdunarodnыm delam Vladimir Djabarov
Pervыy zamestitel predsedatelya Komiteta Soveta Federatsii RF po mejdunarodnыm delam Vladimir Djabarov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
TOSHKENT, 17 avg – Sputnik. Rossiya Oʻzbekistonni Afgʻoniston bilan chegara tomonidan xavf tugʻilgan taqdirda tashlab qoʻymaydi. Bu haqda Rossiya Federatsiya kengashi qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Vladimir Djabarov maʼlum qildi.

“Afsuski, Oʻzbekiston KXSHT tarkibiga kirmaydi, biroq Rossiyaning Toshkent bilan yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomasi bor. Shu bois Afgʻoniston bilan chegara tomondan Oʻzbekistonga tahdid boʻlsa, Rossiya Oʻzbekistonni tashlab qoʻymaydi”, - dedi u Moskvaning ehtimoliy yordami haqida. Djabarovning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Shuningdek, rossiyalik senator Rossiya Afgʻonistondagi vaziyatni tartibga solish uchun oʻzining vositachilik sayʼ-harakatlarini davom ettirishga tayyorligini taʼkidladi, lekin hammasi toliblarning* yaqin vaqt ichida qanday choralar koʻrishlariga bogʻliq boʻladi – ular konstitutsiyaviy yoʻldan borishadimi yoki zolimona ish tutishni boshladimi.
Djabarov Tojikistonda, ayrim OAVlar xabariga koʻra hozir marshal Abdul Rashid Doʻstum u yerda boʻlib turibdi, toliblarga* qarshilik koʻrsatish oʻchogʻi yuzaga kelishi mumkinligidan xavotir bildirdi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Siyosat
Oʻzbekiston Afgʻonistonda tezroq tinchlik va barqarorlik oʻrnatilishidan manfaatdor – Mirziyoyev
Uning soʻzlariga koʻra, Tojikiston, Oʻzbekiston va Qirgʻizistonning osuda aholisi bugungi afgʻon voqealarining sababi boʻlgan AQShning Afgʻonistondagi xatti-harakatlaridan jabr koʻrmasligi lozim.
Afgʻonistondagi vaziyat ayniqsa oxirgi haftalarda, toliblar* yirik shaharlarga hujumga oʻtishi bilan yanada ogʻirlashdi. 15 avgust kuni OAV va manbalar isyonchilar chegaradagi barcha oʻtish joylarini nazorat qilayotgani haqida xabar tarqata boshladilar. Oʻsha kuni jangarilar Kobulga kirib, prezident saroyini oʻz nazoratiga olganini aytishdi. Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani “qon toʻkilishining oldini olish uchun” mamlakatni tark etganini maʼlum qildi. 16 avgustga oʻtar kechasi "Tolibon"* siyosiy ofisining rasmiy vakili Muhammad Naim Afgʻonistonda urush tugagani, davlatdagi boshqaruv shakli esa yaqin vaqtlarda aniq boʻlishi haqida bayonot berdi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Voyennыe ucheniya na poligone Xarb-maydon v Tadjikistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.08.2021
Video
“Qudratimizga shubha qilma”: Oʻzbekiston, Tojikiston va Rossiya mashgʻulotlari qanday oʻtdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala