Dunyoda

Toliblar Afgʻonistonni qanday boshqaradi - islomshunos fikri

© AP Photo / Zabi KarimiBoyeviki Talibana v prezidentskom dvortse v Kabule, Afganistan
Boyeviki Talibana v prezidentskom dvortse v Kabule, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Toliblar Afgʻoniston aholisining xavfsizligini kafolatlamoqda, lekin OAVlarda bosib olingan hududlarda qattiq islomiy tartib oʻrnatilayotgani haqida xabarlar paydo boʻlishda davom etmoqda.
TOSHKENT, 17 avg — Sputnik. Rossiyada taqiqlangan "Tolibon" radikal harakati jangarilari Afgʻonistonda ommaviy terror uyushtirmaydi. Bu haqda "Ridus" bilan suhbatda Butunjahon rus xalq sobori Inson huquqlarini himoya qilish markazi direktori, islomshunos Roman Silantyev fikr bildirdi, deya xabar beradi Sputnik Tojikiston.
Islomshunos soʻzlariga koʻra, jangarilar shafqatsiz choralardan voz kechadi, sababi, ular shundoq ham gʻolib sanalmoqda.
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.07.2021
Kolumnistlar
Afgʻoniston. Hatto urush ham jaholat bilan olib borilmasligi kerak
Shu bilan bir qatorda, radikallar Afgʻoniston bilan qoʻshni boʻlgan davlatlarga hech qanday xavf tugʻdirmaydi, deydi mutaxassis.
"Toliblarning oxirgi 20 yilda aqli kirdi, meni nazdimda, ular ommaviy terrorga qoʻl urmaydi. Bu narsa ularga kerak emas - ulardan shusiz ham hamma qoʻrqadi", - deydi Silantyev.
Uning taʼkidlashicha, jangarilar aviatsiyasiz Tojikiston va Oʻzbekiston chegaralarini shturm qila olmaydi. Oʻz navbatida, Eron, Pokiston va Xitoy radikallarga faol qarshilik koʻrsatadi.
Silantyevning fikricha, Markaziy Osiyoda yagona noziq boʻgʻin bu Turkmaniston boʻlib, ammo unga ham boshqa davlatlar yordam koʻrsatadi.
Boyevik Talibana* na ulitse v afganskom gorode Gerat - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2021
Foto
Hukumat oʻzgargan Afgʻonistondagi vaziyat qanday
Avvalroq, toliblar bir kun avval qoʻlga olgan Qobulda jamoat tartibini oʻrnatishga kirishgani maʼlum boʻlgan edi. Harakat vakillari mahalliy aholi va xorijiy diplomatik vakolatxonalar xavfsizligini kafolatlagan, deb xabar qiladi Rossiya TIV.
Oʻz navbatida, Afgʻonistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshidagi doimiy vakili Gʻulom Isxakzayning aytishicha, jangarilar "Tolibon" muxoliflarini jazolash maqsadida Qobulda uyma-uy yurishni boshlashgan. Uning aytishicha, shaharliklar qattiq qoʻrquvda hayot kechirmoqda.
Isxakzay xalqaro hamjamiyatni "Afgʻonistondagi islom amirligini" tan olmaslikka chaqirgan.
Eslatib oʻtamiz, Daily Mail nashri radikallar 12 yashar qizaloqlarni qullikka olishni boshlagani va egallab olingan hududlarda oʻta qatʼiy islomiy tartiblarni oʻrnata boshlashgani haqida xabar bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala