Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Toliblar ommaviy afv eʼlon qildi va afgʻonlarni ishga qaytishga chaqirdi

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishSituatsiya v Afganistane posle smenы vlasti
Situatsiya v Afganistane posle smenы vlasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Toliblar hukumat amaldorlarini afv etdi, deb xabar bermoqda xorijiy OAVlar
TOSHKENT, 17 avg - Sputnik. "Tolibon"* radikal harakati seshanba kuni ommaviy afv eʼlon qildi va fuqarolarni ishga qaytishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Frans Press agentligi. RIA Novosti xabari asosida.
"Ommaviy afv eʼlon qilindi ... shu bois, siz toʻliq ishonch bilan kundalik hayotingizga qaytishingiz mumkin", - deya iqtibos keltiradi toliblar bayonotidan agentlik.
Boyeviki Talibana v prezidentskom dvortse v Kabule, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Dunyoda
Toliblar Afgʻonistonni qanday boshqaradi - islomshunos fikri
Shu bilan birga, nashr taʼkidiga koʻra, gap hukumatdagi barcha amaldorlarga nisbatan afv haqida bormoqda.
Afgʻonistondagi vaziyat ayniqsa oxirgi haftalarda, toliblar yirik shaharlarga hujumga oʻtishi bilan yanada ogʻirlashdi. Yakshanba kuni OAV va manbalar isyonchilar chegaradagi barcha oʻtish joylarini nazorat qilayotgani haqida xabar tarqata boshladilar. Oʻsha kuni jangarilar Qobulga kirib, prezident saroyini oʻz nazoratiga olganini aytishdi. Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani "qirgʻinning oldini olish uchun" mamlakatni tark etganini aytdi. Dushanbaga oʻtar kechasi "Tolibon"* siyosiy ofisining rasmiy vakili Muhammad Naim Afgʻonistonda urush tugagani, davlatdagi boshqaruv shakli esa yaqin vaqtlarda aniq boʻlishi haqida bayonot berdi.
* Rossiyada taʼqiqlangan terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala