Jamiyat

Jarima kamaytiriladi: haydovchilar kutgan qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishKompleks avtofiksatsii narusheniy PDD
Kompleks avtofiksatsii narusheniy PDD  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Adliya vazirligi tomonidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.
TOSHKENT, 18 avg – Sputnik. Haydovchilar kutgan qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi. Qonun loyihasiga koʻra transport vositalaridan foydalanishdagi qoidabuzarlik choralari va bir qator qonun hujjatlarini yengillashtirish koʻzda tutilmoqda.
Ular orasida jarima miqdorining kamayganligi hamda qoʻshimcha hujjatlarning talab etilmasligi kabi bir qator yangiliklar joriy etilishi rejalashtirilgan.
Radar na doroge v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.07.2021
Jamiyat
“Radarlar noqonuniy jarima yozmoqda” – deputatlar IIVga murojaat qilishdi
“Soʻngi vaqtlarda ishlab chiqarilayotgan koʻplab avtomobillar monitorlar hamda Bluetooth garnituralari bilan jihozlangan hamda haydovchilarga bir qancha qulayliklar yaratilgan holda ishlab chiqarilmoqda. Amaldagi qonunlarda ham haydovchilarning qulayligi eʼtiborga olinishi lozim”,- deydi Adliya vazirligi maslahatchisi Xalil Xalilov.
Uning soʻzlariga koʻra Qonun loyihasida mobil telefondan qoʻlni band qilmagan holda foydalanishga ruxsat berilishi, monitorlardan avtomobil harakatlanayotgan paytda zarurat boʻlganda foydalanish, ammo turli klip va filmlar koʻrish taqiqlanadi.
Hujjatda aytilishicha agar haydovchilarning yonida Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID kartalari boʻlsa, ulardan haydovchilik guvohnomalari, avtomobilning texnik hujjatlari, sugʻurta polislarini talab etish mumkin emas.
Loyihaga koʻra Maʼmuriy javobgarlik kodeksining jami 5 ta moddasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi, ayniqsa sugʻurta polisi muddati oʻtganligi boʻyicha jarima miqdorlari keskin kamaytirilishi koʻzda tutilgan.
2021 yil 1 dekabriga qadar Ichki ishlar vazirligi tomonidan loyixa integratsiya ishlari yakunlanib mazkur yangilik amaliyotga joriy etiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala