Jamiyat

Rossiya Oʻzbekiston bilan hamkorlikda Gidrometeorologiya fakultetini tashkil etdi

© Sputnik / Aleksey DrujininVo vremya podpisaniya dokumentov po itogam rossiysko-uzbekistanskix peregovorov
Vo vremya podpisaniya dokumentov po itogam rossiysko-uzbekistanskix peregovorov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Oʻzbekiston Milliy Universiteti va Rossiya davlat Gidrometeorologiya universiteti bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturi yoʻlga qoʻyildi
TOSHKENT, 18 avg — Sputnik. Yangi oʻquv yili arafasida Oʻzbekiston Milliy Universiteti va Rossiya davlat Gidrometeorologiya universiteti bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturi yoʻlga qoʻyildi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
Unga koʻra, Milliy Universitetda Gidrometeorologiya fakulteti tashkil etilib, abituriyentlardan hujjat qabul qilish davom etmoqda.
“Shu paytga qadar 100 nafardan ortiq yoshlar hujjat topshirdi, – deydi Oʻzbekiston Gidrometeorologiya markazi Axborot xizmati rahbari Munisa Asilxoʻjayeva. – Talabalar “Meteorologiya va iqlimshunoslik” yoʻnalishida sirtdan tahsil oladilar hamda yakunda ikki Universitetning bakalavr diplomlariga ega boʻladilar”.
Devushka s knigami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.10.2020
Toshkentda yuqori malakali pedagoglarni tayyorlaydigan xorijiy OTM filiali ish boshlaydi
Mashgʻulotlar yetakchi oʻqituvchilar tomonidan olib boriladi – rossiyalik mutaxassislarni jalb etish yuzasidan memorandum ham imzolangan.
Xohlovchilar esa Rossiya davlat gidrometeorologiya Universitetida taʼlim olishlari mumkin boʻladi. Shu paytga qadar oʻzbekistonlik soha xodimlari ushbu Universitetda faqatgina malaka oshirib kelishgani inobatga olinsa, bu yangilik qanchalik ahamiyatli ekani oydinlashadi.
Bitiruvchilarga beriladigan diplom Jahon meteorologiya tashkilotiga aʼzo barcha davlatlarda qabul qilinadi.
Lekin suhbatdoshimizning soʻzlariga koʻra, bunday mutaxassislar Oʻzbekistonning oʻzi uchun ham nihoyatda zarur – ular oʻqishni tamomlagach, sohaning turli yoʻnalishlarida, jumladan xalqaro loyihalarda ishtirok etishlari mumkin boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala