Jamiyat

Oʻzbekistonda koviddan vafot etganlar 1000 nafardan oshdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishVrachi
Vrachi  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.08.2021
Kecha koronavirusdan yana sakkiz kishi oʻlgan. Pandemiya boshlangandan buyon qurbon boʻlganlar soni 1002 nafarga yetgan.
TOSHKENT, 19 avg – Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 1002 nafarga yetdi. 18 avgust kuni COVID-19 bilan kasallangan yana sakkiz bemor vafot etgan. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kecha yana 844 kishida koronavirus aniqlangan va mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 146 459 ming nafarni tashkil etmoqda.
Shu bilan birga, 18 avgust kuni 386 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 19 586 nafarga yetgan. Ulardan 12 168 nafari sogʻayib ketgan.
Zamnachalnika Slujbы sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya i obщestvennogo zdorovya (SES) Uzbekistana Nurmat Otabekov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda koronavirus boʻyicha vaziyat murakkabligicha saqlanib qolmoqda – Atabekov
Shuningdek, 3 nafar bemor pnevmoniyadan vafot etgan va shu kungacha qurbon boʻlganlar soni 132 nafarni tashkil etmoqda.
Oʻzbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash ishlari davom ettirilmoqda. Jami 12,4 million dozadan ziyod vaktsinadan foydalanilgan. Shu kungacha 1,4 milliondan ziyod kishi kovidga qarshi toʻliq emlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader