Jamiyat

Umumxalq hashar: 5 mingdan ziyod xonadon taʼmirlab beriladi

© Sputnik / Said Tsarnayev / Fotobankka oʻtishRekonstruktsiya ulits
Rekonstruktsiya ulits - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.08.2021
Hashar doirasida 5 mingdan ziyod xonadon taʼmirlab berilishi uchun 1 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ sarflanishi koʻzda tutilgan.
TOSHKENT, 20 avg — Sputnik. Umumxalq hasharda 5 mingdan ziyod xonadon taʼmirlab beriladi
“Mahallalarni obodonlashtirish” oyligi va 21 avgust – umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari davomida 6 mingdan ziyod ehtiyojmand, 2 mingga yaqin nogiron va yolgʻiz qariyalarga qariyb 800 million soʻmlik moddiy yordamlar ajratilishi rejalashtirilgan.
Bu haqda AOKAda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi va "Mahalla" xayriya jamoat fondi mutasaddilari ishtirokida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlumot berildi.
Jenщina podmetayet ulitsu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Jamiyat
Yigirma birinchi avgust kuni umumxalq hashari boʻlib oʻtadi
Qayd etilishicha, 21 avgustda tashkil etiladigan umumxalq xayriya hasharida 8 milliondan ziyod fuqaro qatnashishi kutilmoqda.
Hasharda 21 ming gektardan ortiq yer maydonlari obodonlashtirilashtirilishi, qariyb 14 ming tonna maishiy va qurilish chiqindilari chiqarib tashlash, 8 mingdan ziyod qabristonlar, mingga yaqin ziyoratgohlar obodonlashtirilib, salkam 6 millionta daraxtga shakl berilib, oqlanishi koʻzda tutilgan.
Bu galgi xayriya xasharida kam taʼminlangan oilalarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilishi rejalashtirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala