Jamiyat

Toshkentda evakuatsiya qilingan afgʻonistonlik ayol farzandli boʻldi

Ruka mladentsa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.08.2021
Oʻzbekiston orqali evakuatsiya qilinayotgan afgʻonistonlik homilador ayol farzandli boʻldi.
TOSHKENT, 21 avg — Sputnik. Oʻzbekiston orqali evakuatsiya qilinayotgan afgʻonistonlik homilador ayol farzandli boʻldi, deb xabar qildi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Na propusknom punkte «Vorota drujbы» v pakistano-afganskom pogranichnom gorode Chaman - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Oʻzbekiston Afgʻonistondan 2 mingga yaqin chet el fuqarolarini evakuatsiya qilishda yordam berdi
Xabarda aytilishicha, kuni kecha 1999 yilda tugʻilgan afgʻonistonlik fuqaro E.A. “Homiladorlik 1. Tugʻruq 1. 39-40 hafta.” tashxisi bilan tez tibbiy yordam brigadasi orqali I.Irgashev nomidagi Toshkent shahar 4-son klinik shifoxonasining tugʻruq boʻlimiga yotqizilgan edi.
Kecha oqshom 22 yoshli E.A. ilk farzandini dunyoga keltirdi. Afgʻonistonlik yosh ona 3 kilogramm 840 gramm vazn bilan tugʻilgan oʻgʻlini oʻzbek shifokorlari yordamida qoʻliga oldi. U maʼlum muddat mutaxassislar nazoratida boʻlib turadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala