Dunyoda

Tramp Baydenni “AQSH tarixidagi ulkan harbiy kamsitilishda” aybladi

© AFP / CHIP SOMODEVILLABыvshiy prezident SSHA Donald Tramp
Bыvshiy prezident SSHA Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.08.2021
AQShning sobiq rahbari amaldagi maʼmuriyat Afgʻonistonda 83 milliard dollarlik asbob-uskuna, harbiy bazalarni qoldirganini bildirdi.
TOSHKENT, 22 avg — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Afgʻonistonda Amerika qoʻshinlarining olib chiqib ketilishi emas, balki taslim boʻlish roʻy berayotganini maʼlum qildi.
“Biz armiyamizni dushmanga qanday topshirayotishganini koʻryapmiz”, - dedi Tramp Alabama shtatidagi tarafdorlari bilan boʻlgan mitingda.
Bыvshiy prezident SSHA Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2021
Dunyoda
Tramp Baydenni sharmandalarcha isteʼfoga chiqishga chaqirdi
Siyosatchi amaldagi maʼmuriyat Afgʻonistonda 83 milliard dollarlik asbob-uskuna, harbiy bazalar va elchixonaning qimmatbaho binosini qoldirganini bildirdi.
Tramp Afgʻonistondagi vaziyatni “AQSH tarixidagi ulkan harbiy kamsitilish” deb atadi.
“Siz hech qachon qoʻshinlarni birinchi boʻlib olib chiqmaysiz, qoʻshinlar oxirgi boʻlib tark etadi”, - dedi Tramp. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Afgʻonistondagi vaziyat

Afgʻonistondagi vaziyat keskinlashgan: soʻnggi haftalarda toliblar* hududlarni faol bosib olishni boshlab yuborgan va chegarada nazoratni qoʻlga olgan.
Obstanovka na KPP Termez na granitse Uzbekistana i Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.08.2021
Video
Oʻzbek-afgʻon chegarasidagi vaziyat: NOʻPdan video
15 avgust kuni “Tolibon”* aʼzolari poytaxt Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab oldi. Amaldagi davlat rahbari Ashraf Gʻani “qon toʻkilishining oldini olish maqsadida” Afgʻonistonni tark etdi.
16 avgustga oʻtar kechasi toliblar* siyosiy ofisining vakili Muhammad Naim Afgʻonistonda urush yakunlanganini, davlat boshqaruv shakli esa tez orada aniq boʻlishini maʼlum qildi.
*Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala