Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Afgʻonistonda Ukraina samolyoti olib qochildi

© REUTERS / Australia's Department of DefencEvakuatsiya v aeroportu Kabula
Evakuatsiya v aeroportu Kabula - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Afgʻonistonda Ukraina samolyoti olib qochildi - Ukraina Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari.
TOSHKENT, 24 avg — Sputnik. Ukraina tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Yevgeniy Yenin maʼlum qilishicha, oʻtgan hafta ukrainaliklarni Afgʻonistondan evakuatsiya qilishi kerak boʻlgan Ukraina samolyoti nomaʼlum shaxslar tomonidan ushlanib, boshqa yoʻlovchilar birga Eronga olib ketildi.
Dushanba kuni kechqurun Afgʻonistondan evakuatsiya qilingan fuqarolar bilan uchinchi samolyot Ukrainaga yetib keldi, bortda 98 nafar yoʻlovchi boʻlgan, ulardan 41 nafari Ukraina fuqarosi.
Boyeviki dvijeniya Taliban* (terroristicheskaya organizatsiya zapreщennaya v RF) vo vremya patrulirovaniya v Kabule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Prezident kerakmas: Afgʻonistonni bir necha kishi boshqaradi
"Bizning samolyotni boshqa odamlar qoʻlga olishdi. Oʻtgan seshanba kuni samolyotimiz oʻgʻirlab ketildi - u ukrainaliklarni olib ketish oʻrniga nomaʼlum yoʻlovchilar guruhi bilan Eronga uchib ketdi", - dedi u mahalliy radio efirida.
Ammo u voqea qanday tugaganiga aniqlik kiritmadi.
"Fuqarolarni evakuatsiya qilish boʻyicha keyingi uchta urinishimiz ham muvaffaqiyatsiz tugadi, chunki yoʻlovchilarimiz aeroportga kira olishmadi", - deb qoʻshimcha qildi Ukraina TIV oʻrinbosari.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala