Jamiyat

Daraxtlarni kesishga moratoriy 2024 yilga qadar uzaytiriladi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Fotobankka oʻtishTopor, votknutыy v pen
Topor, votknutыy v pen - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Prezident topshirigʻi bilan Toshkent shahri va viloyat markazlarida ekologiya politsiyasi tashkil etiladi.
TOSHKENT, 24 avg – Sputnik. Oʻzbekistonda daraxtlarni kesishga moratoriy 2024 yilga qadar uzaytiriladi va javobgarlik keskin kuchaytiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida maʼlum boʻldi.
Maʼlum qilinishicha, oʻtgan 6 oyda moratoriy davrida 316 ming dona qimmatbaho daraxtlar asrab qolingan. Biroq, shunga qaramasdan, oʻtgan davrda 2,8 mingta qimmatbaho va 2 mingdan ziyod kam qimmatli daraxtlar noqonuniy kesilgan.
Shu bois, Toshkent shahri va viloyat markazlarida ekologiya politsiyasi tashkil etiladi.
Uning zimmasiga ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar, jumladan daraxtlarni ruxsatsiz kesish, brakonyerlik, noqonuniy chiqindilar tashlash kabi holatlarga qarshi profilaktika vazifalari yuklatiladi.
Ekologiya politsiyasi Ichki ishlar tizimida faoliyat yuritadi.
Shu bilan birga, ekologiya sohasida qoʻllaniladigan jarimalar miqdori 5 baravar, yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya miqdori 2 baravar oshiriladi.
“Barcha rahbarlar bir narsani aniq eshitib olsin. Bundan buyon birorta “yashil hudud” va jamoat parkida har qanday daraxtlarni kesish qatʼiyan taqiqlanadi”, - dedi prezident.
Chinara v mestechke Sayrob - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Jamiyat
Joylarda daraxtlarni saqlash boʻyicha guruhlar tashkil etiladi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala