Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Lavrov MO mamlakatlari oʻz hududida AQSH qoʻshinlarini qabul qilishni istamaydi, degan fikrda

© MID RFSergey Lavrov
Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Ilgariroq Lavrov Markaziy Osiyoning na KXSHTga aʼzo davlatlari, na Oʻzbekiston Afgʻonistondan chiqib ketgan amerika harbiylarini oʻz hududida joylashtirishdan manfaatdor emasligini qayd etgan edi.
TOSHKENT, 24 avg - Sputnik. Rossiya Markaziy Osiyoning qaysidir mamlakati Afgʻonistonni tark etgan AQSH qoʻshinlarini oʻz hududida qabul qilib, nishonga aylanishdan manfaatdor ekaniga shubha qiladi, deya bayonot qildi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
"Agar siz Markaziy Osiyoning biror bir mamlakati yoki boshqa davlatlar amerikaliklar oʻz tashabbuslarini qoniqtirishlari uchun bunday nishonga aylanishdan manfaatdor deb oʻylasangiz, meni bunga qattiq shubham bor", - dedi Lavrov matbuot anjumani davomida.
Uilyam Berns i Maykl Makfol posetili MID RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
OAV: Amerika MRB rahbari “Tolibon”* siyosiy ofisi yetakchisi bilan yashirincha uchrashdi
Ilgariroq Lavrov Markaziy Osiyoning na KXSHTga aʼzo davlatlari, na Oʻzbekiston Afgʻonistondan chiqib ketgan amerika harbiylarini oʻz hududida joylashtirishdan manfaatdor emasligini qayd etgan edi.
AQSH vakillar palatasi razvedka qoʻmitasi rahbari Adam Shiff amerika qoʻshinlarining Afgʻonistondan evakuatsiyasi 31 avgust sanasiga qadar yakunlanishiga shubha bildirdi va ular missiyasi uzaytirilishi kerak, degan fikrni aytdi.
Amerika OAVlari AQSH prezidenti Jo Bayden seshanba kuni Afgʻonistondagi amerika qoʻshinlari 31 avgustdan keyin ham mamlakatda qoldirilishi haqida qaror qabul qilishini kutmoqda.
Bayden ilgariroq AQSH fuqarolarining hammasi olib chiqilmas ekan, harbiylar Qobulni tark etmaydi, deya vaʼda bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala