Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Markaziy Osiyoda "Al-Qoida"* va "ID"*ning "uyqudagi yacheykalari" bor - Kazakbayev

© Sputnik / Press-slujba MID RFMinistr inostrannыx del Kыrgыzstana Ruslan Kazakbayev
Ministr inostrannыx del Kыrgыzstana Ruslan Kazakbayev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Qirgʻiziston TIV rahbari Kazakbayev Markaziy Osiyoda "Al-Qoida"* va "ID"*ning "uyqudagi yacheykalari" borligi haqida ogohlantirmoqda
TOSHKENT, 24 avg - Sputnik. Qirgʻiziston TIV rahbari Ruslan Kazakbayev Markaziy Osiyoda "Al-Qoida"*, "ID"* va boshqa xalqaro terroristik uyushmalarning "uyqudagi yacheykalari" bor, deya taxmin qilmoqda. Biroq, uning aytishicha, bu yerda gap "Tolibon"* haqida borayotgani yoʻq.
"Agar "uyqudagi yacheykalar" haqida gapirilsa, bu toliblar haqida emas. "Tolibon"* harakati rahbariyati oldin ham koʻplab marotaba ichki kun tartibiga diqqatni jamlaganini, tashqi ekspansiyaga doir hech qanday rejalari yoʻqligi haqida gapirgan edi", - dedi u RIA Novostiga bergan intervyusida, Qirgʻizistonda toliblarning "uyqudagi yacheykalari" mavjudligi haqidagi savolga javob berar ekan.
Prezident Uzbekistana prinyal uchastiye v sammite ODKB - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.08.2021
Siyosat
Oʻzbekiston MOda mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlashga koʻmaklashadi - Mirziyoyev
"Markaziy Osiyo mamlakatlarida "Al-Qoida"*, "ID"* va boshqa xalqaro terroristik uyushmalarning "uyqudagi yacheykalari" boʻlishi mumkin, ular oʻz mafkurasi tashviqotidan manfaatdor", - deya qayd etgan Kazakbayev.
Uning soʻzlariga koʻra, "butun dunyoda xavfsizlikni taʼminlash borasida koʻriladigan harakatlar va choralarning umumiy tizimli algoritmlari mavjud va bizning mamlakatimiz ham albatta, Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari kabi ular bilan hamkorlikda, ikkiyoqlama formatda va mintaqaviy tashkilotlar doirasida xuddi shunday choralarni koʻrmoqda".
AQSH qoʻshinlari Afgʻonistondan chiqarilgach, "Tolibon"* harakati jangarilari mamlakat hududini bosib olishni boshladi va 15 avgust kuni Qobulga kirib keldi. Respublika prezidenti Ashraf Gʻani mamlakatni tark etdi. Vitse-prezident Amrulla Solix oʻzini vaqtinchalik davlat rahbari deb eʼlon qilib, afgʻon poytaxti shimolidagi hududlarda toliblarga qarshi harakatlarni tashkillashtirdi. 16 avgustga oʻtar kechasi toliblar siyosiy ofisi vakili Muhammad Naim Afgʻonistonda urush yakun topganini, davlat boshqaruv shakli esa tez orada aniqlanishini aytdi.
* Rossiyada taʼqiqlangan terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala