Hodisalar

Oʻtgan yili Oʻzbekistonda 55 nafar chet el fuqarolari giyohvand moddalari bilan ushlangan

© SputnikNaruchniki visyat na dvernoy ruchke
Naruchniki visyat na dvernoy ruchke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Ular Afgʻoniston, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Moldova fuqarolaridir.
TOSHKENT, 24 avg – Sputnik. Oʻzbekistonda 2020 yilda giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq 53 ta holatlarda 55 nafar chet el fuqarolari ushlangan. Bundan Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi maʼlumotlari darak bermoqda.
Ular Afgʻoniston (23 nafar), Tojikiston (9), Qozogʻiston (9), Qirgʻiziston (6), Rossiya (6), Moldova (2) fuqarolaridir. Ulardan jami 303,2 kg giyohvandlik vositalari musodara qilingan.
Meropriyatiye po unichtojeniyu narkoticheskix sredstv  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Jamiyat
“Zahri qotil”: Toshkentda 1,3 tonna giyohvand moddalar yoqib yuborildi — video
2020 yilda Oʻzbekistonda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bogʻliq 6032 (5026) ta, yaʼni avvalgi yilga nisbatan 20 foiz koʻproq jinoyat fosh etilgan.
Oʻtgan yili respublikada noqonuniy muomaladan 1542,6kg narkotik moddalar musodara qilingan. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 28,5 foizga koʻp.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala