Iqtisod

Rossiya "Agroekspress"lari Oʻzbekistonga "yashil yoʻlak"dan kirib boradi

Gruzoperevozki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Bu qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib berishda ikki mamlakat oʻrtasidagi yetkazib berish muddatlarini qisqartirishga xizmat qiladi
TOSHKENT, 24 avg — Sputnik. Rossiya va Oʻzbekiston tezlashtirilgan refrijeratorli konteynerli poyezdlarda eksport uchun agrosanoat majmuasi yuklarini tashish marshrutini ishga tushirish mexanikasi toʻgʻrisida kelishib oldilar.
Bu haqda Rossiya eksport markazi xabar bermoqda.

"Hujjat bojxona, sanitariya va fitosanitariya tartib-taomillarini takomillashtirish, ikki mamlakat oʻrtasida tovarlarni olib oʻtish tartibini soddalashtirish, ikki davlatning davlat organlari oʻrtasida raqamlashtirish sohasidagi oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish uchun oʻzaro taʼsir formatini belgilaydi, shuningdek infratuzilma loyihalarini amalga oshirish boʻyicha aniq amaliy choralarni oʻz ichiga olgan", - deyiladi xabarda.
Vo vremya podpisaniya dokumentov po itogam rossiysko-uzbekistanskix peregovorov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Jamiyat
Rossiya Oʻzbekiston bilan hamkorlikda Gidrometeorologiya fakultetini tashkil etdi
Shunday choralardan biri - bu "yashil yoʻlak" tamoyili boʻyicha "Agroyekspress" muntazam marshrut boʻyicha qatnovchi poyezdlar qatnovini tashkillashtirishdir, bu ikki mamlakat oʻrtasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib berish muddatlarini qisqartirishga xizmat qiladi.
Rossiya oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan ilk "Agroekspress" Oʻzbekistonga joriy yil kuz faslida yuboriladi, yetkazib berish muddati 7 kundan oshmaydi.
REM bosh direktori Veronika Nikishinaning soʻzlariga koʻra, ikki mamlakat nazorat qiluvchi organlarining kelishilgan harakatlari tufayli rossiyalik eksportchilar yetkazib berishning uzluksiz kanaliga ega boʻlishadi hamda tovarlar chegaradan tezlashtirilgan holatda oʻtishi taʼminlanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader