Siyosat

Mirziyoyev va Pokiston TIV rahbari Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal ministra inostrannыx del Islamskoy Respubliki Pakistan Maxmuda Kureyshi.
Shavkat Mirziyoyev prinyal ministra inostrannыx del Islamskoy Respubliki Pakistan Maxmuda Kureyshi. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.08.2021
Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mahmud Qurayshiyni qabul qildi.
TOSHKENT, 25 avg — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mahmud Qurayshiyni qabul qildi.
Davlat rahbari Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik munosabatlari jadal surʼatlar bilan rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Iyul oyida Toshkent shahrida oʻtgan oliy darajadagi muzokaralar strategik sheriklik printsiplariga asoslangan ikki tomonlama hamkorlikning yangi bosqchini boshlab berdi.
Uzbekistan, SSHA, Pakistan i Afganistan sozdali novuyu ploщadku konsultatsiy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.07.2021
Siyosat
“AQSH-Oʻzbekiston-Afgʻoniston-Pokiston” - yangi maslahatlashuvlar platformasi
Tashqi ishlar vaziri Mahmud Qurayshiy Pokiston Bosh vaziri Imron Xonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi hamda Oʻzbekiston yetakchisiga mintaqada barqarorlik va ravnaqni taʼminlash borasidagi faol saʼy-harakatlari uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.
Afgʻonistondagi vaziyat rivojiga alohida eʼtibor qaratildi. Mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash jihatlari yuzasidan yaqin idoralararo aloqalar va almashinuvlarni davom ettirish muhim ekani taʼkidlandi.
Shuningdek, “Termiz – Mozori Sharif – Kobul - Peshovar” termil yoʻlini qurish loyihasini birgalikda yanada ilgari surishga intilish qatʼiy ekanligi tasdiqlandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala