Siyosat

Prezident qator vazirlar va hokimlarni mukofotladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2021
Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan davlat xizmatchilari, tadbirkorlar va iqtisodiy-ijtimoiy soha xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
TOSHKENT, 26 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi.
Farmon bilan jami boʻlib 500 nafardan ziyod kishi, jumladan, 30 nafardan ortiq hokim, bir qator vazirlar, davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlari turli mukofotlarga loyiq topilgan.
Farmonga koʻra,
Prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov – “Mehnat shuhrati” ordeni bilan;
Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov – “Mehnat shuhrati” ordeni bilan;
Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov – “Doʻstlik” ordeni bilan;
Transport vaziri Ilhom Mahkamov – “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan;
Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov – “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ixtirochi va ratsionalizator” faxriy unvoni bilan;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev – “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.
Taqdirlanganlarning 33 nafari hokimlardir. Jumladan, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev – “”Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi” faxriy unvoni;
Jizzax va Xorazm viloyatlari hokimlari Ergash Soliyev hamda Farhod Ermanov “Mehnat shuhrati” ordeniga sazovor boʻlgan.
Mukofotlanganlarning toʻliq roʻyxati bilan quyida tanishish mumkin.
Munojat Yulcheva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.08.2021
Jamiyat
Toʻrt kishi “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala