Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Mirziyoyev Afgʻonistondagi vaziyat boʻyicha munosabat bildirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil mestorojdeniye "Yoshlik-1" Almalыkskogo gorno-metallurgicheskogo kombinata
Shavkat Mirziyoyev posetil  mestorojdeniye Yoshlik-1 Almalыkskogo gorno-metallurgicheskogo kombinata - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.08.2021
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afgʻonistondagi vaziyat boʻyicha munosabat bildirdi.
TOSHKENT, 27 avg — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afgʻonistondagi vaziyat boʻyicha munosabat bildirdi.
“Afgʻonistondagi vaziyat hammamizni oʻyga solishi tabiiy. Xavotir olmanglar, mudofaa qudratimiz har qanday vaziyatga tayyor, vaziyatni nazorat qilib turibmiz. Lekin meni oʻylantirgani - ular bizning jonajon qoʻshnimiz, ular ham koʻchib keta olmaydi, biz ham.
Mana, kechadan boshlab jafokash afgʻon xalqiga koʻmak boʻlish maqsadida Hayraton koʻprigini vaqtincha ishga tushirdik. Chunki Afgʻoniston xalqi hozir yordamga muhtoj, agar ular tinchlik sari harakat qilsalar, biz ularga koʻmakchi boʻlamiz.
Afganskiye jiteli naprotiv amerikanskix soldatov v aeroportu Kabula  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Kobuldagi portlashlar oqibatida 1300 nafardan ortiq kishi jarohatlandi
Boshqa davlatlardan kelayotgan oziq-ovqatni poyezdlar orqali yetkazib beramiz, oʻzimiz ham bunga hissa qoʻshamiz. Chunki Mozori Sharif shahriga yagona temiryoʻl biz orqali oʻtadi.
Toliblar bilan ikki yil oldin muloqot olib borgandik, hali hech bir davlat bu ishni qilmaganda men ular bilan muloqot qilish boʻyicha topshiriq bergandim. Ularning Dohadagi rahbari Barodar janoblari oʻshanda Oʻzbekiston tomoniga birorta oʻq otilmasligi boʻyicha vaʼda bergandi. Vaʼdasini bajarayotgani uchun ham ular bilan muloqot qilib turishimiz tabiiy.
Biz uchun xalqimizning tinchligi kerak. Xalqimiz tinch boʻlishi uchun, kim boʻlishidan qatʼiy nazar, istalgan tomon bilan gaplashaman. Afgʻonistonda shunday holat boʻlishidan ikki yil oldingi tahlillarimiz dalolat bergan edi”, dedi prezident.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala