Jamiyat

Oʻzbekistonda pomidordan koronavirusga qarshi vaktsina yaratildi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishPomidor
Pomidor - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.08.2021
Laboratoriya sharoitida yetishtirilayotgan pomidor koʻchatlari ikki oydan soʻng hosil beradi. Ushbu poliz mahsulotining isteʼmoli koronavirusga qarshi emlanganlikka tenglashtiriladi.
TOSHKENT, 27 avg – Sputnik. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Genomika va bioinformatika markazi olimlari pomidordan koronavirusga qarshi vaktsina yaratdi. Bu haqda "Zamon" nashri xabar berdi.
Markaz mutaxassisining maʼlumotlariga koʻra, laboratoriya sharoitida yetishtirilgan pomidor isteʼmol qilinsa, oshqozonda mahsulot hujayralari parchalanadi. Shundan soʻng hujayralarning ichida antigen hosil boʻladi.
Beremennaya jenщina - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.08.2021
Jamiyat
Kelgusida homilador ayollar va bolalar ham emlanishi mumkin
Ushbu loyiha yuzasidan olimlarning tajribalari joriy yilning yanvar oyidan buyon davom etmoqda. Maʼlum qilinishicha, ushbu tajribaga bodring va pomidor kabi mahsulotlar tanlanishi bejizga emas, chunki ularga termik ishlov berilmaydi. Mahsulotlar yuqori haroratda pishirilganda, antitanachalar hosil qiluvchi vaktsinalar parchalanib ketadi.
Oziq ovqat mahsulotlari orqali emlash tajribasi hozirda Rossiya va Kanadada sut va joʻxori mahsulotlarida qoʻllanilmoqda. Ushbu tajribalarning ham klinik sinovlari yakuniga yetgan.
Zamnachalnika Slujbы sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya i obщestvennogo zdorovya (SES) Uzbekistana Nurmat Otabekov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Jamiyat
Otabekov tan olinmayotgan sertifikat, gibrid-vaktsinatsiya va pandemiyadagi saylovlar haqida
Koronavirus infektsiyasiga samarali kurash olib borish ustida ilmiy izlanishlar bu bilan cheklanayotgani yoʻq.
Bir muddat ilgari esa Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov shu kunlarda Oʻzbekistondagi xalqaro allergologiya markazi Vena universiteti bilan hamkorlikda katta loyiha ustida ish olib borayotgani haqida xabar bergan edi.
Vazir soʻzlariga koʻra Qoramol koronavirusga qarshi vaktsina bilan emlansa, jonivor sutida immunoglobin – A paydo boʻladi. Bu sutni pishirmasdan ichilsa, inson organizmda virusga qarshi immunitet hosil boʻladi va u koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala