Jamiyat

Otabekov tan olinmayotgan sertifikat, gibrid-vaktsinatsiya va pandemiyadagi saylovlar haqida

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaZamnachalnika Slujbы sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya i obщestvennogo zdorovya (SES) Uzbekistana Nurmat Otabekov
Zamnachalnika Slujbы sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya i obщestvennogo zdorovya (SES) Uzbekistana Nurmat Otabekov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Oʻzbekiston bosh virusologi Nurmat Otabekov Toshkent viloyatida oʻtkazilgan matbuot-anjumanida emlanganlik sertifikatini tan olish bilan bogʻliq muammolar, pandemiya sharoitida prezident saylovlari qanday oʻtkazilishi, takroriy kovid, gibrid-vaktsinatsiya kabi savollarga javob berdi.
"Jamoaviy immunitetsiz koronavirusni yenga olmaymiz"
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari oʻrinbosari Nurmat Otabekov aytadiki, aholini 70 foizini toʻliq emlamasdan turib, epidemiologik vaziyatning barqarorlashuvining bosh omili sanalgan jamoaviy immunitetni hosil qilib boʻlmaydi.

"Buning ikkita yoʻli bor. Bittasi – kasallanib, shu immunitetni hosil qilishimiz kerak, ikkinchisi – emlanib. "Kasallanib hosil qilinadigan immunitetni nechogʻlik tahlikali, havotirli yoʻl ekanini hammamiz koʻrdik. Koʻp yaqinlarimizni, tanish-bilishlarimizni oramizdan yoʻqotdik. Bundan koʻrinib turibdiki, bizda yagona yoʻl qolyapti – u ham boʻlsa emlash orqali vaziyatni barqarorlashtirish", - deydi Otabekov.

Suhbatdoshning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda 18 yoshdan yuqori boʻlgan emlanuvchilar soni 21 455 214 nafarni tashkil qilib, bugungi kunga qadar ushbu kontingentga jami 12390,7 ming doza (1 doza – 8 728,5, 2-doza 2 688,2 ming, 3-doza 974,0 ming) vaktsina qoʻllanilgan.
Postavka 50 tыsyach doz vtorogo komponenta rossiyskoy vaktsinы Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Jamiyat
Kelasi 3 oy ichida qanday vaktsinalar Oʻzbekistonga olib kelinadi
Hozirgi kunda respublikada jami 2 433,2 ming doza vaktsina zaxirasi mavjud. Shu jumladan ZF-UZ-VAC-2001 - 524,3 ming doza, Moderna - 1 613,6 ming doza, Sputnik V - 3,0 ming doza va AstraZeneca - 292,3 ming doza.
Respublikada vaktsina uzluksizligini taminlash maqsadida joriy yilning avgust-oktyabr oylarida 10 mln doza ZF-UZ-VAC-2001, shuningdek 1,7 mln doza Sputnik V hamda avgust-sentyabr oylarida COVAX dasturi doirasida 660 ming doza AstraZeneca, 1,2 mln doza Pfizer vaktsinalarini olib kelish rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston poliklinikalarida Sputnik Vning "mahalliy" varianti qachon paydo boʻladi?
Otabekov bu savolni Oʻzbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligiga berish oʻrinliroq boʻlar edi, deya taʼkidlagan holda, bir narsani ochiq aytadi, tanlangan korxonada liniyalar vaktsinani ishlab chiqarishga toʻliq tayyor holatga keltirilgan.
Meditsinskiy rabotnik vo vremya vaktsinatsiya migrantov ot COVID-19 rossiyskim preparatom Sputnik Layt na territorii TTS Sadovod - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Rossiya
Moskva viloyatida migrantlarni emlash boshlandi
“Oʻylaymanki, tez kunlarda koronavirusga qarshi vaktsina Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilishni boshladi, degan xabarlarni ham eshitib qolamiz. Bir narsani unutmaslik lozim, Oʻzbekistonda vaktsina ishlab chiqariladigan boʻlsa, u xoh Sputnik V, xoh boshqa vaktsina boʻlsin, ommaviy ishlab chiqarishdan oldin sinov tariqasida ishlab chiqarilgan varianti hamkor davlatga yuborilishi kerak. Yaʼni vaktsina oʻsha mamlakat standartlariga qanchalik mos ishlab chiqarilganini solishtirish uchun. Shu bois, bu tez boʻladigan jarayon emas, bir oz vaqt talab etiladi”, - deydi u.
Oʻzbekiston bosh virusologining aytishicha, shu kunga qadar Sputnik V vaktsinasi, oʻzbek-xitoy hammuallifligida ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC-2001 vaktsinalari bilan qancha odam emlangan boʻlsa, birorta ham nojoʻya taʼsirlar qayd etilmagan.
"Shu bois, ishonib qolamanki, Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan vaktsinalar ham xuddi shunday taʼsirga ega boʻladi, nega deganda aholining vaktsina preparatlariga boʻlgan ishonchi aynan shunga bogʻliq", - deydi Otabekov.
ZF-UZ-VAC-2001 vaktsinasi sertifikati Saudiya Arabistonida qachon tan olinadi?
Otabekovning soʻzlariga koʻra, hozir dunyoda 9,4 milliarddan koʻproq vaktsinalar ishlatilgan boʻlib, ular 14 xildagi vaktsinalardir. Shulardan faqat oltitasigina Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan favqulodda holatlarda ishlatilish boʻyicha beriladigan tavsiyaga ega (yaʼni sertifikatlar xalqaro darajada tan olinadi).
Otabekovning fikricha, aksariyat davlatlarda shu oltita vaktsinadan tashqari boshqa turdagi vaktsinalar sertifikatini tan olmaslik masalasiga yaqin istiqbolda yechim albatta topilishi shart va bu masala oʻzini uzoq kuttirib qoʻymaydi.
Palomniki sovershayut obxod vokrug Kaabы  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.10.2020
Noyabrdan umra ziyoratiga ruxsat berilmoqda - talablar haqida batafsil
"Saudiya Arabistoni nafaqat Oʻzbekiston sharoitida ishlatilayotgan, balki dunyoning 67ta davlatida maʼqullangan Sputnik V vaktsinasi sertifikatini ham hozircha tan olgani yoʻq. Diniy idora vakillari bevosita Umra va Haj safarlarini tashkillashtirish bilan shugʻullanadigan tashkilotlar, Tashqi ishlar vazirligi va Saudiya Arabistonidagi elchixona va konsullik byurolari orqali bu masalani muhokama qiladi, oydinlik kiritiladi, albatta. Albatta, qabul qiluvchi davlat oʻrnatadigan tartib oliy sanaladi, u bunga haqli. Biz vaktsinatsiya orqali fuqarolarimizda immunitet shakllantirilishiga koʻmaklashdik. Sertifikatlarni tan olish yoki olmaslik masalasi esa, nazarimda, yaqin kunlarda yanada kengroq muhokama qilinadi. Nega deganda, favqulodda holatlarda ishlatilishi boʻyicha beriladigan tavsiyaga ega oltitagina vaktsina sertifikatlarining tan olinishi, qolgan 8 turdagi vaktsinalarni qabul qilgan fuqarolar ega boʻlgan sertifikatlarni tan olmaslik odamlarni xalqaro darajada - davlatlararo harakatlanishida monelik qiladigan bir holat boʻlib qolishi mumkin", - deya fikr bildirdi Otabekov.
Hozircha esa, virusologning fikricha, Oʻzbekiston-Xitoy vaktsinasini 1-bosqichi bilan emlangan fuqarolar, shu vaktsina bilan toʻliq emlanishi talab etiladi. Agar fuqaro reja qilgan davlatning roʻyxatida bu vaktsina boʻlmasa, toʻliq vaktsinatsiyadan oʻtgandan soʻng 3-6 oy oʻtib, oilaviy shifokorga uchrashishi, organizmdagi hosil boʻlgan antitanachalar va salomatligi holati baholangan holda mos keladigan turdagi vaktsinani olishi mumkin.
Takroriy COVID: koronavirusni qayta-qayta yuqtirish mumkinmi?
Nurmat Otabekovning aytishicha, koronavirus kasalligini boshdan kechirgan odamda yetarli miqdorda immunitet hosil boʻlishi kerak, aslida. "Yuqumli kasalliklar bilan bogʻliq qonuniyat bu. Tabiiy jarayon", - deya tushuntiradi virusolog.
Ammo kimdir kasallikni yengil oʻtkazgan boʻlsa, klinik belgilarsiz oʻtkazgan boʻlsa, yoki qisqa muddatda shu kasallikdan sogʻayib ketgan boʻlsa, u holda hosil boʻlgan immunitetni titri past boʻlishi mumkin.
Migrantы v punkte vaktsinatsii ot COVID-19 rossiyskim preparatom Sputnik Layt na territorii TTS Sadovod v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Rossiya
"Sputnik Layt" va Pfizer vaktsinalari birikmasi delta-shtammdan kuchliroq himoyalashi mumkin
"Men baʼzan eshitib qolaman, 6-, hatto 7- marta koronavirus boʻldim, deydiganlar ham bor. Aslini olganda, bu yolgʻondan boshqa narsamas. Chunki bir marta kasallanganda hosil boʻlgan immunitet ishlashi kerak. Xalq orasida emlangandan keyin ham kasallikni yuqtirganlar haqida fikrlar bor. Albatta, emlangandan keyin, yaʼni toʻliq emlangandan keyin oradan 1,5-4 oy oʻtib toʻliq immunitet shakllanadi. Shunday ekan, kasallikka chalinib turib, kasalligimiz borligini bilmasdan emlangan boʻlishimiz mumkin. Yoki kasallikni immunitet hosil boʻlmasdan yuqtirib olgan boʻlishimiz mumkin. Yoki hali toʻliq emlanib boʻlmasdan (hamma dozalarni olmasdan) profilaktik tadbirlarni unutib qoʻyganimiz uchun kasallikni yuqtirib olgan boʻlishimiz mumkin", - deya takroriy kovid sabablarini tushuntiradi Otabekov.
Gibrid (aralash) vaktsinatsiya haqida
Hozirda dunyoda vaktsinalarga ishonch oshdi, shu bois, jahon miqyosida vaktsinalarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning quvvati yetishmay, aholining tegishli qatlamini vaktsina bilan taʼminlashda uzilishlar roʻy bermoqda, deydi Otabekov.
"BSSTning shu paytgacha boʻlgan tavsiyalarida aholini emlashda qaysi vaktsina bilan boshlansa emlash, shu vaktsina bilan yakunlash kerakligi koʻrsatilgan edi. Ammo kelajakda vaktsinalarni kombinatsiyalash - gibrid-vaktsinatsiyaga ruxsat beriladigan boʻlsa, BSST bu haqda oʻzining tavsiyasini beradi va bu tavsiyalarda qaysi vaktsinalarni birgalikda ishlatish mumkin va qanday ketma-ketlikda ishlatish mumkinligi toʻgʻrisida albatta bizlarga koʻrsatma beradi, va biz oʻsha koʻrsatmaga asosan ish tutamiz", - deya tushuntiradi Otabekov.
Yilning bosh siyosiy tadbiri - prezident saylovlari pandemiya sharoitida qanday oʻtkaziladi?
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari oʻrinbosari Nurmat Otabekovning aytishicha, yilning asosiy siyosiy tadbirini pandemiya sharoitida munosib oʻtkazishga tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlangan.
Saylov uchastkalariga kelayotgan odamlarni epidemiologik nuqtai-nazardan xavfsizligini taʼminlash nuqtai-nazaridan, ular qandaydir kafolatga ega boʻlishi kerak, deydi suhbatdosh.
Jenщina golosuyet na izbiratelnom uchastke vo vremya vыborov prezidenta Uzbekistana. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.08.2021
Kolumnistlar
Oʻzbekistonda bunday saylovlar boʻlmagan: 2021-yil oktyabrda saylovchilarni nimalar kutmoqda
"Bugun ertalab ham aynan shu masalada hududlardagi boʻlinmalar bilan video-konferents aloqaga chiqib, har bir hudud boʻyicha alohida topshiriqlar berdik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining joylardagi saylov uchastkalarni sanitariya-epidemiologik nuqtai-nazaridan tayyor holatga keltirish boʻyicha alohida buyrugʻi ishlab chiqarilgan. Saylov uchastkalariga qoʻyiladigan talablar boʻyicha alohida yoʻriqnomalar tayyorlangan va joylarga yetkazilgan. Bizning vazifamiz: saylovni oʻtkazish jarayoniga jalb qilingan barcha ishtirokchilarni emlash orqali, ularda immunitet hosil qilish, qolaversa, saylovchilarning kelishi, ovoz berishi jarayonida ijtimoiy masofani saqlashlari, bir joyda toʻplanib qolmasliklari, antiseptik vositalardan foydalanishi, doka-niqoblarda boʻlishi, tana harorati oʻlchanishi kabi holatlarni bevosita nazoratga olamiz. Barcha profilaktik tadbirlarni amalga oshirish uchun shay holatda turibmiz", - deydi Otabekov.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala